Tomorqaga yetib borgan suv – rözğorga kirgan baraka – Saida Mirziyoyeva
Jamiyat
−
15:47 1078 1 daqiqa
Qarşi şahridagi “Çap tarmoq” kanali betonlaştirilib, atrofi obodonlaştiriladi. Bu 1,4 ming gektar tomorqa yerlarini suv bilan barqaror ta’minlaşga xizmat qiladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça işlar bilan tanişdik. Muhimi, bu işlar natijasini odamlar kundalik hayotida his qilişi kerak”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Uning bilrişiça, viloyat uçun eng dolzarb masalalardan biri – suv ta’minoti. Şu bois uşbu yönalişdagi rejalarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Qarşi şahridagi “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi. Bu 1,4 ming gektar tomorqa yerlarini suv bilan barqaror ta’minlaşga xizmat qiladi.

“Tomorqaga yetib borgan suv – rözğorga kirgan barakadir”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Şu bilan birga, kanal böyida törtta mahalladagi 25 ming aholi uçun kun-u tun işlaydigan dam oliş va sayr qiliş maskanlari barpo etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Qarşidagi 43-maktab va 1-boğça şaroiti bilan tanişgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi