Skaloni Argentina terma jamoasida qoladigan böldi

Sport

−

image

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) milliy terma jamoa boş murabbiyi Lionel Skaloni bilan şartnomani 2030 yilgaça uzaytirdi. Bu haqda assotsiatsiya prezidenti Klaudio Tapiya ma’lum qildi.

“Bu butun Argentina futbol oilasi uçun juda muhim kun. Biz Lionel Skaloni Argentina terma jamoasi boş murabbiyi lavozimida işlaşda davom etişini e’lon qilamiz”, deydi Tapiya.

Skaloni 2026 yilgi Jahon çempionati finalida Ispaniyadan 0:1 hisobida mağlub bölganidan söng, Argentina terma jamoasini tark etişi mumkinligi haqida gapirgan edi. Skalonining AFA bilan avvalgi şartnomasi 2026 yil oxirigaça möljallangan edi.

Ma’lumot uçun, 48 yoşli mutaxassis 2018 yildan buyon Argentina terma jamoasini boşqarib kelmoqda. Uning qöl ostida jamoa 2022 yilgi Jahon çempionatida ğolib çiqdi, 2021 va 2024 yillarda ikki marta Amerika kubogini qölga kiritdi. Şuningdek, 2022 yilda Finalissimada ham zafar quçdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing