Silikon vodiysida josuslik: rossiyalik erkak xodimlarni kuzatganlikda ayblandi

Olam

−

image

AQŞda Rossiya fuqarosi Igor Dyu Silikon vodiysidagi yirik texnologik va mudofaa kompaniyasi xodimlarini josuslik maqsadida kuzatganlikda ayblandi. Tergov ma’lumotlariga köra, u xodimlar haqida ma’lumot töplagan, ularning yaşaş manzillarini aniqlagan va iş jarayonida foydalanayotgan noutbuklari ekranlarini suratga olişga uringan. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Qayd etilişiça, AQŞ Adliya vazirligi keça, 18 noyabr kuni Igor Dyuga nisbatan ayblov e’lon qilinganini ma’lum qilgan. U xorijiy davlat agenti sifatida til biriktiriş, bu haqda AQŞ boş prokuroriga xabar bermaslik, ta’qib qiliş maqsadida ştatlararo çegaralarni kesib ötiş hamda şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarni qalbakilaştirişda gumonlanmoqda.

Ayblov hujjatlariga köra, Dyu joriy yilning yozida Telegram orqali yollanganidan söng AQŞga noqonuniy kirgan. Unga Kaliforniya ştatining Palo-Alto şahrida joylaşgan yirik texnologik va mudofaa kompaniyasi xodimlarini kuzatiş topşirilgan. Buning uçun unga maxsus jihozlar, moliyaviy yordam va körsatmalar berilgan.

Igor Dyu 2026 yilning iyun oyida Istanbuldan Mexiko orqali AQŞga borgan. Tergov versiyasiga köra, uning şeriklari çegaradan ötişiga yordam bergan. Şundan söng, unga noutbuklar, mobil telefonlar, simsiz tarmoq uskunalari va masofadan boşqariş dasturlarini sotib oliş topşirilgan.

Dyu Palo-Altodagi kompaniya ofisi yaqinida joylaşgan qahvaxonaga borib, u yerda kompaniya xodimlarini aniqlaşi va ular işlayotgan paytda noutbuk ekranlarini suratga olişi kerak bölgan. Şuningdek, unga ofis yaqiniga noutbuk joylaştiriş va şeriklariga masofadan turib zarur ma’lumotlarni oliş imkoniyatini yaratiş vazifasi yuklatilgan.

Keyinçalik uning vazifalariga kompaniya xodimlari va ularning yaşaş joylarini kuzatiş ham qöşilgan. Jumladan, 3 sentyabr kuni Dyu kompaniya xodimalaridan birini Lexus rusumli avtomobilda Palo-Altodan San-Fransisko tomon harakatlanayotganida ta’qib qilgan. Ayol 911 xizmatiga qönğiroq qilib, politsiya bölimiga boriş böyiça körsatma olgan. Tergov ma’lumotlariga köra, u politsiyaga murojaat qilganidan keyingina Dyu ta’qibni töxtatgan.

Şundan söng, erkak AQŞ pasporti va ijtimoiy suğurta kartasining qalbaki nusxalarini sotib olib, faoliyatini davom ettirgan.

Oktyabr oyida Federal tergov byurosi (FBI) xodimlari Dyuning özida va Ist-Palo-Altodagi uyida tintuv ötkazgan. Natijada 18 ming dollar naqd pul, ikkita noutbuk, ikkita iPhone, ikkita Rossiya pasporti, simsiz tarmoq uskunalari va qalbaki hujjatlar musodara qilingan.

Bundan taşqari, tergovçilar kompaniya xodimlarining yaşaş manzillari körsatilgan 10 ta manzil yozilgan daftar hamda kamida uç nafar xodim haqida batafsil ma’lumotlar jamlangan hujjatlarni topgan. Ularda xodimlarning şaxsiy ma’lumotlari, oila a’zolari, ta’limi, mehnat faoliyati, şuningdek, kuçli va zaif tomonlari qayd etilgan.

Ma’lumotlarga köra, josuslik nişoni AQŞning Palantir texnologiya kompaniyasi bölişi mumkin. Uşbu kompaniya ma’lumotlarni tahlil qiliş uçun dasturiy ta’minot işlab çiqadi hamda mudofaa sohasi bilan hamkorlik qiladi.

Igor Dyu 2 noyabr kuni federal sud oldida hozir bölgan va ayni vaqtda federal organlar hibsida saqlanmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniyada AQŞ armiyasining 41 yoşli yuqori martabali harbiy xizmatçisi Rossiya foydasiga josuslik qilişda gumonlanib hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing