Shomurodov va Fayzullayev Turkiyada mahalliy futbolchi maqomini olishi mumkin

Sport

−

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev kabi turkiy davlatlardan bo‘lgan futbolchilar endilikda Turkiya chempionatida legioner sifatida emas, balki mahalliy futbolchilar maqomida to‘p surishi mumkin. Bu haqda “TRT Haber” nashri xabar berdi.

Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Parti) raisi o‘rinbosari Kurshad Zorlu turkiy dunyodan bo‘lgan futbolchilarning maqomini o‘zgartirish bo‘yicha ishlar boshlanganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti bilan ham muhokama qilingan.

“Bu shunchaki maqomni o‘zgartirish emas. Agar ushbu loyihani amalga oshira olsak, 200 milliondan ortiq aholi yashaydigan ulkan turkiy dunyo bo‘ylab yosh iste’dodlarni kashf etishimiz mumkin. Biz ularni o‘z mamlakatlarining akademiyalari va yoshlar tizimlarida rivojlantiramiz. Bu esa milliy terma jamoalarimizning Yevropa va jahon chempionatlari hamda boshqa xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini oshirishga xizmat qiladi”, deydi Zorlu.

Hozirda O‘zbekistonlik futbolchilardan Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov, shuningdek, ayni paytda jarohatdan davolanayotgan Xusniddin Aliqulov Turkiya Superligasida faoliyat olib bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing