Shifoxonaga ishga joylab qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida shifoxonaga ishga joylab qo‘yishni va’da qilib, buning evaziga pul talab qilganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi L.S. ushbu tibbiyot birlashmaning yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolar S.E. va M.O. ni farrosh vazifasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Chiroqchi tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli OSHP mudiri Q.L. fuqaro Z.X.ni OSHPga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan soxta prokuror ushlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing