Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan soxta prokuror ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirgan zaxiradagi kichik serjant qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura, departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi va departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda zaxiradagi kichik serjant U.K. fuqaro A.O. ga o‘zini go‘yoki Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xodimi deb tanishtirgan. Shundan so‘ng uning ukasi L.O. ni 3 000 AQSH dollari evaziga Mudofaa vazirligining yuqori lavozimlarida ishlovchi tanishlari orqali Mudofaa vazirligi tizimiga ishga kiritib qo‘yishini aytgan. U kelishilgan puldan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq IIB xodimini ishga tiklab qo‘ymoqchi bo‘lgan Samarqand shahar IIO FMB profilaktika inspektori 7 ming dollar pora olgan vaqtida qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing