Seuldagi Prezident majmui ustiga Shimoliy Koreya chiqindisi solingan shar quladi
Olam
−
24 Oktabr
4449KXDRdan yuborilgan chiqindi sharlaridan biri Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi Prezidentlik majmuasi ustida havoda yorilib ketdi. Bu haqda Janubiy Koreya armiyasiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.
KXDRdan yana chiqindi sharlar uchirilgan. Janubiy Koreya Prezidentining Xavfsizlik xizmati Shimoliy Koreyadan uchirilgan havo sharlaridan biri Janubiy Koreya Prezidenti majmui ustidan yorilib ketgani, havo sharining qoldiqlari esa binoga tushgani haqida xabar bergan.
Bildirilishicha, chiqindi Janubiy Koreya Bosh shtabi koordinatsiyasida yig‘ilgan va unda xavfli moddalar bo‘lmagan.
Qayd etish joiz, ikki Koreya o‘rtasidagi taranglik bir necha oydan beri davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradagi qo‘shinlarini jangovar holatga keltirmoqchiligi haqida ma’lumot bergandi. Biroz vaqt o‘tib Shimoliy Koreya Janubni poytaxt Pxenyan ustidan dronlar uchirishda ayblab, ikki davlat orasidagi chegarani portlatishga tayyorlanayotganligini e’lon qilgandi. Keyinchalik Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga olib boruvchi g‘arbiy va sharqiy chegaradagi ikkita avtomagistral uchastkalarini portlatib yubordi. Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan ikkita mamlakatlararo yo‘l uchastkalarining portlatilishiga o‘q uzib javob berdi.
LiveBarchasi