Samolyotda ayolning hayotini saqlab qolgan şifokor taqdirlandi
Jamiyat
−
10:08 857 2 daqiqa
Avvalroq özbekistonlik şifokor Toşkentdan Seulga uçayotgan samolyot bortida oğir şok holatiga tuşib qolgan ayolning hayotini saqlab qolgani haqida xabar berilgan edi. Keça, 7 noyabr kuni şifokor Hasan Komilov “Xalq salomatligi posboni” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, mukofot Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan poytaxtda ötkazilgan tantanali tadbirda topşirilgan. Unda soğliqni saqlaş sohasi rivojiga munosib hissa qöşgan bir guruh xodimlarga davlat mukofotlari va kökrak nişonlari topşirilgan.
Hasan Komilov Samarqand şahridagi xususiy klinika rahbari, Toşkent davlat tibbiyot universiteti izlanuvçisi va tajribali otorinolaringolog hisoblanadi.
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Toşkent–Seul yönalişidagi HY511 reysi vaqtida ayol yölovçining ahvoli keskin yomonlaşgan. Uning tanasi kökarib, sovib ketgan va u şok holatiga tuşgan. Samolyot bortida bölgan Hasan Kamilov ekipaj a’zolari bilan birgalikda ayolga şoşilinç tibbiy yordam körsatgan. Natijada yölovçi öziga kela boşlagan.
Ma’lumot uçun, “Xalq salomatligi posboni” kökrak nişoni Hukumatning 2023 yilning 4 sentyabrdagi 444-son qarori bilan ta’sis etilgan. Uşbu nişon bilan soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, zararli odatlarning oldini oliş, kasalliklar profilaktikasi va tibbiyot sohasini rivojlantirişga hissa qöşgan şaxslar taqdirlanadi. Mukofotlanganlarga BHMning 4 baravari (1 million 320 ming söm) miqdorida bir martalik pul mukofoti ham beriladi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda noyabr oyining ikkinçi yakşanbasini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni sifatida belgilaş taklif etilgandi. Buning uçun amaldagi qonundagi “Tibbiyot xodimlari kuni” nomini “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni” deb özgartiriş nazarda tutilgan. 20 oktyabr kuni Qonunçilik palatasida ma’qullangan qonun loyihasi Senatga yuborilgan.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr