Ronaldu Saudiyaning boshqa klubiga o‘tishni rejalashtirmoqda
Sport
−
16 fevral 9877 1 daqiqa
Portugaliyalik futbol yulduzi, besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida “Al‑Hilol”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “TransferFeed” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu noroziliklardan so‘ng “Al-Nasr” mashg‘ulotlariga qaytgan va hatto bitta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lishiga qaramay, portugaliyalik yulduz hamon klubni tark etish niyatida. Bunga klub rahbariyati bilan yuzaga kelgan ziddiyatlar sabab bo‘layotgani aytilmoqda.
Manbaning aytishicha, Ronaldu Saudiya Arabistonini butunlay tark etmasligi ham mumkin. U mamlakat chempionati yetakchilaridan biri – “Al‑Hilol”ga o‘tishi ehtimoli bor. Agar transfer amalga oshsa, portugaliyalik futbolchi “Real Madrid”dagi sobiq jamoadoshlari Karim Benzema va Teo Ernandes, shuningdek, vatandoshi Ruben Neves bilan yana bir jamoada to‘p surishi mumkin.
Shuningdek, ushbu ehtimoliy transfer amalga oshsa, futbolchining oilasi Ar‑Riyodda yashashda davom etishi ham aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu ish tashlashni yakunlagani va jamoa safida o‘ynashni davom ettirishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi