Rasman! Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sport

image

Jahon va Yevropa chempioni, 1998 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Zinedin Zidanni rasman Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi matbuoti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 54 yoshli mutaxassis bilan 2030 yilgi Jahon chempionatiga qadar mo‘ljallangan to‘rt yillik shartnoma imzolangan.

Zidan 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin lavozimini tark etgan Dide Desham o‘rnini egalladi. Desham 2012 yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib keldi. Uning qo‘l ostida jamoa 2018 yilgi Jahon chempionati va 2021 yilgi UEFA Millatlar ligasida g‘olib chiqqan, shuningdek, Yevro-2016 hamda 2022 yilgi Jahon chempionati finaligacha yetib borgan.

2026 yilgi Jahon chempionatida Fransiya yarim finalda Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda esa Angliyaga 4:6 hisobida yutqazib, musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.

Ma’lumot uchun, Zidan 2021 yil may oyida “Real Madrid” bosh murabbiyligini tark etganidan beri biror joyda ishlamadi. U madridliklar jamoasini 2016–2018 va 2019–2021 yillarda boshqargan. Uning qo‘l ostida “Real Madrid” uch marta UEFA Chempionlar ligasi, ikki marta Ispaniya chempionati, ikki marta UEFA Superkubogi, ikki marta Ispaniya Superkubogi hamda ikki marta FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing