Rasman! Poçettino “Mançester Yunayted” boş murabbiyi böldi
Sport
−
17:29 808 1 daqiqa
Argentinalik murabbiy Maurisio Poçettino Angliyaning “Mançester Yunayted” klubini boşqarişga rozi böldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 54 yoşli mutaxassis joriy yilning 18 noyabr kuni yangi vazifasini bajarişga kirişadi. “Mançester Yunayted” AQŞ futbol federatsiyasi bilan murabbiy va uning ştabini milliy terma jamoadagi majburiyatlaridan ozod qiliş böyiça kelişuvga erişgan. 10 ta uçraşuvdan keyin “Mançester Yunayted” Angliya Premer-ligasi jadvalida 8 oçko bilan 18-örinda bormoqda.
Ma’lumot uçun, Poçettino 2024 yildan buyon AQŞ milliy terma jamoasini boşqarib kelmoqda. Uning qöl ostida jamoa 2025 yilgi KONKAKAF Oltin kubogi finaliga qadar yetib borgan.
Argentinalik mutaxassis faoliyati davomida “Çelsi”, “Tottenxem”, “Sautgempton”, “Espanol” va PSJ klublarida işlagan. Parij jamoasi bilan Fransiya çempionati, Kubogi va Superkubogini qölga kiritgan. “Tottenxem” esa uning rahbarligida Çempionlar ligasi finaliga çiqqan.
Eslatib ötamiz, keça, 12 noyabr kuni Angliya klubi Maykl Kerrik boş murabbiylik lavozimini tark etganini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi