Prezident mahalliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastur ishlab chiqishni topshirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda mahalliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mutasaddilarga topshiriq berdi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ham muhokama qilingan. Bu borada joriy etilgan tizim natijasida mahalliy brendlar soni ortib bormoqda.

So‘nggi ikki yilda milliy brendlar uchun 15,5 milliard so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatilgan. Lekin o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazgan 309 ta mahalliy korxonaning uchdan biri haligacha eksportga chiqmagan.

Davlat rahbari brend yaratgan tadbirkorlar sifat, narx va kafolat bo‘yicha ichki bozorda ishonch qozonganini ta’kidlagan. Ularga ozgina ko‘mak berilsa, tashqi bozorlarda ham o‘z yo‘lini topishi mumkin.

Shu bilan birga, ayrim import mahsulotlari demping narxda yoki kontrafakt sifatida kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aytilgan.

Mutasaddilarga ikki haftada mahalliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing