Olimpiada sovrindorlariga qanday avtomobil berilishi aniq bo‘ldi (video)
Sport
−
12 avgust 2024
45695Bugun, 12 avgust kuni Parij Olimpiadasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinadi. Sovrindorlarga Prezident sovg‘asi – Tahoe avtomobili sovg‘a qilinadi.
Hozirda sportchilarga atalgan avtomobillar O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) binosiga olib borilmoqda. Parijdan uchgan sportchilar Toshkentga mahalliy vaqt bilan 19:00 da yetib kelishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sportchilar Olimpiadada 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza jami 13 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi.
LiveBarchasi