Nvidia eng yirik kompaniyalar uçligidan çiqdi

Olam

−

image

Keça, 20 noyabr kuni AQŞ fond bozorida savdolar boşlanişi bilan Nvidia aksiyalari 5,5 foizga arzonlaşdi. Natijada kompaniya dunyoning bozor qiymati eng yuqori bölgan korporatsiyalari reytingida törtinçi öringa tuşib ketdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, TradingView’ning real vaqt rejimidagi reytingida Alphabet (Google) kompaniyasining bozor qiymati 3,4 trillion dollar, Nvidia’niki esa 3,32 trillion dollarga baholangan. Şu tariqa, Alphabet uçinçi, Nvidia esa törtinçi örinni egallagan.

Oktyabr oyida Nvidia dunyoning eng qimmat kompaniyasi edi. Keyinçalik u birinçi örinni Apple’ga böşatib berdi. Hozirda Apple’ning bozor qiymati 5,08 trillion dollarga teng. Şundan söng Microsoft ham Nvidia’dan özib ketdi va 3,68 trillion dollarlik körsatkiç bilan ikkinçi öringa kötarildi.

Sönggi bir oyda Nvidia aksiyalari narxi 33 foizdan köproqqa pasaydi. Investorlar kompaniya asosçisi va uzoq yillik rahbari Jensen Huang atrofidagi mojaro fonida aksiyalarni sotmoqda. Meduza xabarida qayd etilişiça, Huangning kompaniya xodimalari bilan nikohdan taşqari munosabatlari haqidagi ma’lumotlar ham uşbu mojaroga sabab bölgan.

Eslatib ötamiz,12 noyabr kuni Nvidia boş direktori Jensen Xuang lavozimidan ketgani haqida xabar berilgan edi. Kompaniya direktorlar kengaşi uning prezident, boş ijroçi direktor va boşqaruv a’zosi lavozimlarini tark etişi töğrisida qaror qabul qilgan. Xuang örniga doimiy rahbar tayinlanguniga qadar kompaniyani ijroçi vitse-prezident va moliya direktori Kolett Kress boşqarişi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing