Namanganda 51 yoşli şaxs 3 kg “gaşiş” bilan qölga tuşdi

3-sahifa

−

image

Namangan şahrida 3 kilogramm “gaşiş” giyohvandlik vositasini sotayotgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida viloyat IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida 1975 yilda tuğilgan, Namangan şahrida yaşovçi fuqaro özidagi giyohvandlik vositasiga öxşaş moddani şartli xaridorga kelişilgan pul evaziga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Şundan söng uning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Natijada u yerdan giyohvandlik vositasiga öxşaş moddalar, ularni qadoqlaşda foydalanilgan polietilen öramlar hamda bir juft rezina qölqop olib qöyilgan.

Ekspertiza xulosasiga köra, fuqaroning yonidan va yaşaş xonadonidan olingan moddalarning tarkibida tetragidrokannabinol mavjud bölgan “gaşiş” giyohvandlik vositasi ekani aniqlangan. Ularning umumiy oğirligi 3 kilogrammni taşkil etgan.

Gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari hamda kuçli ta’sir qiluvçi moddalar bor dori vositalari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing