Möğulistonning sobiq prezidenti tantanali kuzatib qöyildi

Olam

−

image

Keça, 20 noyabr kuni Möğulistonning oltinçi prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni hurmat bilan kuzatiş marosimi bölib ötdi. Tadbir mamlakat poytaxti Ulan-Batordagi Janjin D. Suxbaatar maydonida ötkazildi. Bu haqda Möğuliston prezidentining rasmiy saytida xabar berildi.

Ma’lum qilinişiça, marosimdan oldin Xurelsux Davlatning töqqiz oq bayroği hamda buyuk sarkarda Çingizxon haykaliga hurmat bajo keltirgan.

Şundan söng, maydonda Davlat faxriy qorovuli qömondoni, kapitan B. Enxmanlay raport bergan va Möğuliston davlat madhiyasi yangragan. Sobiq prezident faxriy qorovul askarlari bilan salomlaşib, ularga xizmatlarida muvaffaqiyat tilagan.

Şuningdek, u marosimda iştirok etgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, yuqori martabali davlat amaldorlari, harbiy va huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari hamda fuqarolar bilan körişgan.

Marosimda parlament raisi S. Byambatsogt va Boş vazir N. Uçral boşçiligidagi davlat va hukumat vakillari ham qatnaşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq poraxörlikda ayblanayotgan Mongoliya Prezidenti iste’foga çiqişini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing