Microsoft rahbari sun’iy intellekt tufayli global uzilişlar köpayişidan ogohlantirdi
Olam
−
19:10 283 2 daqiqa
Sun’iy intellektning rivojlanişi, eskirgan infratuzilma va kiberhujumlar tufayli raqamli xizmatlar işida yirik uzilişlar tez-tez sodir bölişi mumkin. Bu haqda Microsoft boş direktori Satya Nadella ötgan hafta kompaniya xizmatlarida kuzatilgan va bir sutka davom etgan keng kölamli uzilişdan söng ma’lum qildi.
Ötgan hafta sodir bölgan muammolar biznes, davlat muassasalari hamda Microsoft 365, jumladan, Outlook va Teams foydalanuvçilariga ta’sir körsatgan edi.
“New York Times DealBook” sammitida sözga çiqqan Nadella hodisa vaqtida korporatsiya serverlarining 80 foizdan ortiği javob bermay qöyganini aniqlaştirgan. Bunga eski uskunalarni tekşiriş uçun möljallangan yozgi yangilanişdagi ilgari sezilmagan dasturiy xatolik sabab bölgan va uni noodatiy tarmoq trafigi faollaştirib yuborgan.
Kompaniya rahbarining sözlariga köra, sun’iy intellektning keng joriy etilişi global tarmoqlar uçun yangi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Bir tomondan, SI zaifliklarni tezroq aniqlaşga yordam beradi, biroq doimiy yangilanişlar oqimi eski uskunalarga haddan taşqari yuqori bosim yuklab, beqarorlikni keltirib çiqaradi. Boşqa tomondan esa, neyrotarmoqlar murakkab kiberhujumlarni taşkil etişni osonlaştirib, hatto kiçik jinoiy guruhlarga ham milliy infratuzilmaga tahdid soliş imkonini bergan.
Nadellada transport tarmoqlari, isitiş va sovitiş tizimlari kabi internetga ulangan fizik tizimlar sonining ortib borayotgani alohida xavotir uyğotmoqda. Ularni oddiy bulutli xizmatlarga qaraganda öz vaqtida yangilaş va buzib kirişdan himoyalaş qiyinroq. Microsoft rahbari dunyoning bulutli platformalarga qaramligi ortib borayotgan bir paytda texnologik kompaniyalar öz tarmoqlarini zudlik bilan modernizatsiya qilişlari zarurligini ta’kidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Microsoft kompaniyasining Outlook, Teams va Copilot xizmatlarida global nosozlik kuzatilgani haqida xabar berilgan edi. Uziliş 74 ta mamlakat va hududdagi ön minglab foydalanuvçilarga ta’sir körsatgan.
Live
Barchasi