Meksikada samolyot avtomobil yöliga qulab tuşdi
Olam
−
09:17 843 2 daqiqa
Meksikaning Nuevo-Leon ştatida kiçik samolyot havoga kötariliş vaqtida boşqaruvni yöqotib, aeroport hududidan çiqib ketdi va avtomobil yöliga quladi. Bu haqda ABC Noticias xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa joriy yilning 18 noyabr kuni soat 13:50 atrofida Apodaka munitsipalitetidagi Norte xalqaro aeroportida sodir bölgan. Piper Malibu PA-46 rusumli samolyot havoga kötarilayotgan vaqtda dvigatel quvvati pasaygan. Oqibatda havo kemasi aeroportning himoya tösiğini yorib ötib, Monterrey–Nuevo-Laredo avtomobil yöliga çiqib ketgan.
Samolyot bortida ikki nafar uçuvçi – 41 yoşli David Korono Kabrero va 25 yoşli - Alan Adrian Kuevas Loo, şuningdek, tört nafar yölovçi bölgan. Ularning barçasi yengil tan jarohatlari olgan. Jabrlanganlarni voqea joyida tibbiy körikdan ötkazişgan, ularni şifoxonaga olib borişga ehtiyoj bölmagan.
Qayd etilişiça, töqnaşuv oqibatida yonğin kelib çiqqan, biroq qutqaruvçilar uni bartaraf etgan. Hodisa sabab avtomobil yölining har ikki yönalişidagi harakat vaqtinça töliq töxtatilgan. Bu esa yölda uzun tirbandlik yuzaga kelişiga sabab bölgan.
Meksika Federal fuqaro aviatsiyasi agentligi hodisa yuzasidan ma’muriy tekşiruv boşlagan. Şuningdek, samolyot qulab tuşgan aeroportning 11/29 uçiş-qöniş yölagi vaqtinça yopilgan.
Favqulodda xizmatlar samolyotni yöl hududidan olib çiqib ketganidan söng, soat 18:00 dan keyin avtomobil yölidagi harakat töliq tiklangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Arizona ştatida, “Katta Kanon” milliy boğining şimoliy çekkasi yaqinida bir dvigatelli samolyot halokatga uçradi. Hodisa oqibatida bortdagi uç kişining barçasi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi