Mbappega nisbatan irqçilik qilgan muxlis 11 oyga qamaldi

Sport

−

image

Ispaniyaning “Ovedo” klubi muxlisi La Liga uçraşuvida “Real Madrid” hujumçisi Kilian Mbappega nisbatan irqçilik qilgani uçun 11 oylik şartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda COPE radiostansiyasi xabar berdi.

Qaror Asturiya viloyati sudining ikkinçi palatasi tomonidan qabul qilindi.

Sudlanuvçi nafrat qözğatiş jinoyatida aybdor deb topildi. U 11 oylik qamoq jazosiga, muayyan davlat lavozimlarini egallaş huquqidan mahrum qilişga va jarimaga tortildi. Biroq qamoq jazosi ikki yil davomida rasmiy futbol uçraşuvlariga taşrif buyurmaslik şarti bilan keçiktirildi.

“Uşbu işda xususiy ayblovçi sifatida iştirok etgan “Real Madrid” boşqa şunga öxşaş holatlarda bölgani kabi irqçilikka qarşi kuraşiş va futbolda, umuman, sportda uning har qanday körinişini bartaraf etişga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi”,  deyiladi klub bayonotida.

Qayd etilişiça, voqea 2025 yil 24 avgust kuni “Real Madrid”ning “Ovedo”ga qarşi safardagi uçraşuvi vaqtida sodir bölgan.  Öşanda “Real Madrid” safarda “Ovedo”ni 3:0 hisobida mağlub etgan. Uçraşuvning 37-daqiqasida Mbappe gol urganidan keyin ayblanuvçi unga nisbatan maymunga xos imo-işoralar va tovuşlar çiqargan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing