Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Bu qiziq

−

image

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150 yildan beri sir bölib kelayotgan skelet kimga tegişli bölişi mumkinligi aniqlandi. Arxeologlar uning XI asr boşlarida yaşagan Vestminster monastiri abbatlaridan biriga tegişli ekanini taxmin qilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, tobut dastlab 1820 yilda abbatlik hududida topilgan. U Rim imperiyasi davriga, taxminan milodiy IV asrga tegişli bölib, undagi lotinça yozuvda “Valeriy Amandius xotirasiga“ degan sözlar bitilgan.

Biroq tobut qopqoğiga anglosakslar davriga xos xoç tasviri öyilgan. Bu belgi tobut Rim davridan kamida 600 yil keyin qayta işlatilgan bölişi mumkinligini körsatgan.

Vestminster abbatligi arxeologi Uorik Rodvell 2016 yilda tobutni qayta oçiş va undagi qoldiqlarni örganiş imkoniyatiga ega bölgan. Tahlillar skeletdagi suyaklar taxminan 987–1052-yillarga tegişli ekanini körsatgan. Marhum erkak bölib, vafot etganida 35–49 yoşda bölgan. Skeletning qariyb 90 foizi saqlanib qolgan.

Tadqiqotçilar tobut içidan ohak qoldiqlarini ham topgan. Bu jasad avval yoğoç tobutga joylaştirilib, ustidan ohak sepilgan holda toş tobutga qöyilganini körsatadi. Olimlarning aytişiça, örta asrlarda bunday dafn usuli kam uçragan va asosan yuqori mavqega ega kişilar uçun qöllangan.

Uşbu dalillar asosida arxeologlar marhum Vestminster monastirining abbati bölganini taxmin qilmoqda. Tadqiqotda ikki nomzod körib çiqilgan: 993–1020-yillarda abbatlik qilgan Elfvig va 1020 yilda uning örnini egallagan Vulfnot. Olimlar Elfvigning aynan şu tobutga dafn etilgan böliş ehtimolini yuqoriroq baholagan. Çunki u abbat bölişidan oldin ham Vestminsterda rohib bölib xizmat qilgan.

Tadqiqot muallifi Uorik Rodvellning aytişiça, xulosaga kelişda bitta dalil emas, balki barça topilmalar birgalikda örganilgan.

Qayd etilişiça, öşa davrda toş tobutlar yasaş an’anasi deyarli yöqolgan. Şu sababli Rim davriga oid eski tobutdan foydalaniş yuqori mavqening belgisi hisoblangan.

Yangi tadqiqot joriy yilning 20 oktyabr kuni Britaniya arxeologiya assotsiatsiyasi jurnalida e’lon qilingan. U 1869 yildan beri olimlarni qiziqtirib kelayotgan qadimiy dafn siri haqida yangi ma’lumotlarni oçib bergan.

Ma’lumot uçun, abbat – xristian monastirining rahbari, monastir hayoti va faoliyatini boşqaruvçi yuqori martabali ruhoniy.

Eslatib ötamiz, Misrning Nil deltasi hududidagi qişloqda qariyb 3 ming yil davomida yer ostida qolib ketgan ikkita ulkan fir’avn haykalining qoldiqlari topilgan edi. Ulardan biri qadimgi Misrning maşhur hukmdori Ramzes II ga tegişli ekani tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing