Qölida “avtomat” bilan poyga öynagan “şovvozlar” qamaldi (video)

3-sahifa

−

image

Navoiy viloyatida qöliga soxta avtomat olib poyga öynagan 8 nafar yigit 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, 2002-2004 yillarda tuğilgan yigitlar Instagram ijtimoiy tarmoğida öz sahifasini oçib, muntazam ravişda avtomaşinalar poygasi hamda öqotar qurol bilan olingan bir neçta kontentlar bilan boyitib kelgan. Ularga Karmana va Navoiy şahrida istiqomat qilayotgan yana sakkiz nafar poyga işqibozlari ham qöşilgan. Uşbu guruh a’zolarining avtomaşina oynalarini qoraytirib, davlat raqam belgilarini olib taşlab sodir etgan drift öyinlari, videotasvirlari köplab tarmoq foydalanuvçilarining e’tiroziga sabab bölgan.

Xavfsiz va soğlom yurt keng qamrovli tezkor profilaktik oyligi doirasida Navoiy viloyati Içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor suriştiruvlar davomida mazkur qonunbuzarlarning şaxsiga aniqlik kiritilgan. Holatga oid barça buyumlar va transport vositalari közdan keçirilganda, videotasvirlardagi qurol aslida haqiqiy emasligi öz tasdiğini topgan. Avtotransport vositalari jarima maydoniga joylaştirilgan. Jarayonga daxldor şaxslarga qonuniy çora körilişi uçun yiğilgan hujjatlar jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudiga taqdim etilgan va uşbu sudda atrofliça körib çiqilgan.

Sud jarayonlari davomida yigitlarning körsatmalari tinglangan. Taqdim etilgan daliliy aşyo va videoyozuvlar atrofliça körib çiqilgan. Sud mazkur holatni mayda bezorilik, ya’ni jamoat tartibini va fuqarolarning osoyiştaligini buzuvçi, şu kabi boşqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik deya baholab, quyidagiça qaror qabul qilgan.

Şu tariqa, ular Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga şu modda bilan beş sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

“Ijtimoiy tarmoqqa qiziqib, maşhur böliş maqsadida ommaga çiqdik. Qilgan işimdan afsusdaman. Qaytib takrorlanmaydi. Ijtimoiy tarmoqqa qiziqadigan yoşlarga bunaqa işlar qilişini maslahat bermayman. Bizlarga ham tuşuntirişdi mana, yaxşi tuşundik. Qilgan işimdan afsusdaman”, deydi yigitlardan biri.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Olmazor tumanida kelinni kuzatiş marosimida avtomobil yölining qatnov qismini tösib, jamoat tartibini buzgan 8 nafar fuqaro 7 sutka ma’muriy qamoqqa olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing