Italiya terma jamoasi va “Milan” afsonasi vafot etdi

Sport

image

Bugun, 31 iyul kuni “Milan” va Italiya terma jamoasining afsonaviy himoyachisi Franko Barezi 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Milan” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida Barezi og‘ir kasallik bilan kurashayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. joriy yilning 29 iyul kuni esa bir qator Italiya nashrlari uning vafoti haqida yozgan, biroq o‘shanda “Milan” matbuot xizmati bu ma’lumotlarni rad etib, Barezi “og‘ir davrni boshdan kechirayotgani”ni bildirgan edi.

Franko Barezi butun faoliyatini “Milan” safida o‘tkazgan. U 1978-1997 yillar davomida klub sharafini himoya qilib, olti marta Italiya chempionligi, to‘rt marta Italiya Superkubogi, uch marta Chempionlar ligasi va bir marta UEFA Superkubogida g‘olib chiqqan.

Ma’lumot uchun, Barezi Italiya terma jamoasi safida 81 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U 1982 yilgi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan, shuningdek, 1994 yilgi Jahon chempionatida kumush va 1990 yilgi Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing