Isroil va “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi – OAV

Olam

image

Bugun, 19 iyun kuni Isroil va Hizbulloh o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda AQSHning yuqori martabali amaldorlaridan biriga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Manbaning aytishicha, sulh rejimi bugun, 19 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da kuchga kiradi.

“Hizbulloh va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi”, degan amerikalik rasmiy.

Uning aytishicha, kelishuv AQSH va Qatar vositachilari tomonidan, Eron ko‘magida olib borilgan muzokaralar natijasida ishlab chiqilgan. Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, bugungi qurolli to‘qnashuvlardan keyin tomonlar hozirda sulh rejimiga amal qilishga rozilik bildirgan. Hozircha Isroil va “Hizbulloh” tomonidan kelishuv yuzasidan rasmiy bayonot berilmagan.

Ma’lumot uchun, Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi qurolli qarama-qarshilik 2023 yil oktyabr oyida G‘azodagi urush boshlanganidan keyin keskinlashgan edi. Tomonlar o‘rtasida ilgari ham bir necha marta o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar e’lon qilingan, ammo ularning ayrimlari uzoq muddat saqlanmagan. Agar, mazkur kelishuv rasman kuchga kirsa, u so‘nggi oylardagi eng muhim deeskalatsiya qadamlaridan biri bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Mudofaa kuchlari Janubiy Livandan olib chiqilmasligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing