Isroil qo‘shinlari Livanni tark etmaydi – Netanyaxu
Olam
−
19 iyun 3194 1 daqiqa
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Mudofaa kuchlari Janubiy Livandan olib chiqilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
“Biz shimoldagi shaharlarda xavfsizlik va farovonlikni tiklaymiz. Buning uchun Janubiy Livandagi xavfsizlik zonasini saqlab qolishimiz kerak. Isroil xavfsizligi talab qilinayotgan ekan, biz u yerni tark etmaymiz”, dedi Netanyaxu.
Kecha, 18 iyun kuni Vashington va Tehron o‘rtasida imzolangan memorandumda Livandagi barcha harbiy harakatlarni to‘xtatish ko‘zda tutilgan. Biroq Isroil ushbu hujjatning ishtirokchisi emas.
Netanyaxuga yaqin bo‘lgan yuqori martabali Isroil rasmiysiga ko‘ra, Isroil AQSH bilan Janubiy Livandagi harbiy kontingentni saqlab qolish masalasida qat’iy muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Isroil Mudofaa kuchlari Livandagi xavfsizlik zonasining yangilangan xaritasini e’lon qilib, hozircha ushbu hududdan chiqib ketmasligini bildirgan.
Live
Barchasi