AQSH va Eron nimalarga kelishib oldi?

Olam

image

CNN nashri AQSH va Eron o‘rtasida tuzilgani aytilgan, “Islomobod memorandumi” deb nomlangan 14 banddan iborat o‘zaro anglashuv memorandumining to‘liq matnini e’lon qilindi.

Hujjat Hormuz bo‘g‘ozini xalqaro savdo uchun ochish, Eronga qarshi neft va moliyaviy sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish hamda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha bo‘lajak muzokaralar doirasini belgilab beradi.

Memorandumning 14 bandi quyidagicha:

  1. AQSH, Eron Islom Respublikasi va ularning mazkur mojarodagi ittifoqchilari barcha frontlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni zudlik bilan va doimiy to‘xtatish maqsadida ushbu o‘zaro anglashuv memorandumini imzolaydi. Tomonlar bir-biriga qarshi harbiy harakatlar boshlamaslik, kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik, shuningdek Livanning hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlash majburiyatini oladi.
  2. AQSH va Eron bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish hamda ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini oladi.
  3. Tomonlar yakuniy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni ko‘pi bilan 60 kun ichida yakunlashga kelishadi. Muddat o‘zaro kelishuv asosida uzaytirilishi mumkin.
  4. Imzolangan zahoti AQSH Eron atrofidagi dengiz blokadasini bekor qilishni boshlaydi va 30 kun ichida to‘liq tugatadi. Shu davrda kemalar qatnovi urushdan oldingi darajaga qaytariladi. Shuningdek, AQSH yakuniy kelishuvdan keyin 30 kun ichida Eronga yaqin hududlardan o‘z kuchlarini chiqaradi.
  5. Eron Fors ko‘rfazi va Ummon dengizi orqali savdo kemalarining xavfsiz va bojsiz harakatlanishini ta’minlaydi. Bu tartib 60 kun amal qiladi. Minalardan tozalash va to‘siqlarni bartaraf etish ishlaridan keyin 30 kun ichida to‘liq normallashuv ta’minlanadi.
  6. AQSH mintaqaviy hamkorlar bilan birgalikda Eronni tiklash va iqtisodiy rivojlantirish uchun kamida 300 milliard dollarlik moliyaviy reja ishlab chiqish majburiyatini oladi.
  7. AQSH Eronga qarshi barcha sanksiyalarni, jumladan BMT, MAGATE va o‘zining birlamchi hamda ikkilamchi cheklovlarini bosqichma-bosqich bekor qiladi. Eron esa yadroviy qurol yaratishga intilmasligini tasdiqlaydi.
  8. Boyitilgan yadroviy materiallar masalasi MAGATE nazorati ostida hal qilinadi.
  9. Yakuniy kelishuv imzolangunga qadar tomonlar mavjud holatni saqlab qoladi: Eron yadroviy dasturini o‘zgartirmaydi, AQSH esa yangi sanksiyalar joriy etmaydi va harbiy ishtirokini kuchaytirmaydi.
  10. AQSH sanksiyalar to‘liq bekor qilingunga qadar Eron nefti eksporti va moliyaviy operatsiyalar uchun istisnolar taqdim etadi.
  11. AQSH Eronning muzlatilgan va cheklangan aktivlarini ochish majburiyatini oladi.
  12. Tomonlar kelishuv bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha maxsus mexanizm yaratadi.
  13. Asosiy bandlarni amalga oshirish boshlanganidan keyin tomonlar yakuniy kelishuvning qolgan qoidalari bo‘yicha muzokaralarga kirishadi.
  14. Yakuniy kelishuv BMT Xavfsizlik Kengashining majburiy rezolyutsiyasi bilan tasdiqlanadi.

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron muzokaralar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing