Isroil Madrimov O‘zbekistonga qaytdi (video)
Sport
−
14 Mart 2024 13629 1 daqiqa
Bugun, 14 mart kuni o‘zbekistonlik professional bokschi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibi Isroil Madrimov O‘zbekistonga qaytib keldi.
Bokschi Toshkent xalqaro aeroportida keng jamoatchilik tomonidan kutib olindi.
Madrimovni kutib olish marosimida O‘zbekistondagi sport tashkilotlari rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi va sportchiga Prezident sovg‘asi Chevrolet Tahoe avtomobili topshirildi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli charm qo‘lqop ustasi professional boksda 10 ta jang o‘tkazib, 9 tasida g‘alabaga erishgan, 1 ta jangida esa durang natija qayd etgan.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr