Iordaniyaga O‘zbekistonning yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 28 may kuni O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarnaga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Ikki do‘st davlat o‘rtasida mustahkam tarixiy va madaniy aloqalar mavjudligi alohida ta’kidlangan.

“Siyosiy muloqotni kengaytirish istiqbollari, jumladan, turli darajadagi o‘zaro tashriflarni tashkil etish va qo‘shma tadbirlar, xususan, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar va hukumatlararo komissiya majlislarini o‘tkazish orqali muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish va qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirgan. Iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqilgan. Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, sayyohlik almashinuvini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xalq diplomatiyasini mustahkamlashning muhim vositasi sifatida O‘zbekiston va Iordaniya poytaxtlarida Madaniyat kunlarini o‘tkazish zarurligi qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1993 yil 15 fevralda o‘rnatilgan. Nodirjon Turg‘unov 2024 yil mart oyida O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi sifatida Ar-Riyod shahriga borgan. Shuningdek, u 2024 yil noyabr oyida O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Nodirjon Turg‘unov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning birinchi elchisi sifatida Bahrayn Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Iordaniya Nodirjon Turg'unov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing