IIB xodimlari fuqaroni o‘z uyidan sababsiz olib ketmoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
15:30 2561 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari fuqaroni o‘z uyidan sababsiz olib ketishga urindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ombudsmanga Sirdaryo viloyatidan fuqaro D.A. murojaat qilib, ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirgan.
Murojaatda qayd etilishicha, Xovos tumanidagi xonadonlardan biriga profilaktika inspektori boshchiligida ichki ishlar organlarining xodimlari kirib kelgan va murojaatchining turmush o‘rtog‘ini olib ketishga uringan. Murojaatchi xodimlar mazkur harakatlar sababini tushuntirmagani hamda tegishli hujjat ko‘rsatmaganini bildirgan.
Murojaat Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, unda keltirilgan vajlar Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganilib, ichki ishlar organlari xodimlari harakatiga huquqiy baho berish uchun nazorat xati bilan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yuborilgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xovos tumani IIBning ayrim xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, natijasiga ko‘ra, xizmat faoliyatida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 4 nafar xodimga nisbatan “hayfsan” va “tanbeh” intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
Shuningdek, bir nafar xodimning xatti-harakatlariga yakuniy baho berish masalasi Intizomiy kengashga havola etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2010 yilda tug‘ilgan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori qamoqqa olingandi.
Live
Barchasi