Estoniyada mudofaa korxonasiga hujum: Rossiya razvedkasi ayblanmoqda

Olam

−

image

Estoniyada dronlar işlab çiqaruvçi Threod Systems mudofaa korxonasi binosiga öt qöyişga uriniş böldi. Estoniya xavfsizlik politsiyasi hodisani Rossiya harbiy razvedkasi muvofiqlaştirganini bildirdi. Şu sababli Estoniya joriy yilning 1 dekabridan Rossiya bilan çegaradagi barça ötkaziş punktlarini yopadi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 14 noyabriga ötar keçasi sodir bölgan. Estoniya xavfsizlik politsiyasi (KaPo) Latviya hududida yaşovçi sakkiz kişini qölga olgan. Ularning fuqaroligi haqida ma’lumot berilmagan. Prokuratura qölga olinganlardan beş nafarini qamoqqa olişni söragan.

Estoniya xavfsizlik politsiyasi rahbari Margo Palloconning ma’lum qilişiça, razvedka ma’lumotlariga köra, korxonaga öt qöyişga uriniş ortida Rossiya turgan, harakatlar esa Rossiya harbiy razvedkasi (GRU) tomonidan muvofiqlaştirilgan.

Uning sözlariga köra, gumonlanuvçilar bino derazalarini sindirib, içkariga yonuvçan suyuqlik quyiş va portlaş uyuştirişga uringan. Estoniya Boş prokurori Astrid Asi korxonaning öz xavfsizlik xizmati aralaşgani sababli öt qöyiş harakati oxiriga yetkazilmaganini bildirgan.

Estoniya Taşqi işlar vaziri Margus Saxkna Rossiya harbiy razvedkasi mamlakat kompaniyasiga qarşi qöporuvçilik uyuştirişga buyruq berganini tasdiqlovçi işonçli dalillar borligini aytgan. Şu munosabat bilan 1 dekabrdan Rossiya bilan çegaradagi barça ötkaziş punktlari yopilişini ma’lum qilgan.

“Rossiya Estoniyaga qarşi duşmanona harakatlar oqibatlarga olib kelişini tuşunişi kerak. Bizni qörqitiş, vaziyatni beqarorlaştiriş yoki xavfsizligimizga putur yetkazişga urinişlar javobsiz qolmaydi”, degan vazir.

Hozirda Estoniya va Rossiya çegarasida uçta ötkaziş punkti faoliyat yuritmoqda. Bular Leningrad viloyatidagi Ivangorod hamda Pskov viloyatidagi Kuniçina Gora va Şumilkino punktlaridir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Estoniya elita qöşinlarini Rossiya bilan çegaraga yaqinroq joylaştiriş va yuzaga kelişi mumkin bölgan harbiy mojaro holatida “faol mudofaa”ga tayyorgarlik körişga qaror qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing