Erdöğan Bakuga ketyapti. Yaraş oşi pişadimi?
Tahlil
−
09:38 641 12 daqiqa
Erdöğan Bakuga nima uçun boryapti?
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan siyosiy tarangliklar va ikki tomonlama aloqalardagi inqirozlar fonida 8 noyabr kuni Ozarbayjonga boradigan böldi. Nega bu sana tanlandi deydigan bölsangiz, 8 noyabr Ozarbayjonda Ikkinçi Qoraboğ uruşi davrida Şuşa şahri ozod etilgan va mamlakatda Zafar kuni sifatida nişonlanadigan sana. Turkiya yetakçisi keça, 5 noyabr kuni Janubiy Koreyadan qaytayotganda samolyotda jurnalistlarga – agar favqulodda biror holat yuz bermasa, şu kuni Ozarbayjonga borişni rejalaştirayotganini va bu taşrif zarur qadamlarni taşlaş uçun imkoniyat yaratilişidan umidvorligini bildirgan.
“Favqulodda holat yuzaga kelmasa, 8 noyabr kuni Ozarbayjonga taşrif buyurişni rejalaştiryapman. Bu safar ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş böyiça zarur qadamlarni taşlaş uçun imkoniyat bölişi mumkin”, deydi u.
Şu bilan birga Erdöğan jurnalistlarga ötgan oy Aliyev bilan telefon orqali gaplaşgani, şuningdek, Milliy razvedka taşkiloti rahbari va taşqi işlar vazirini Ozarbayjonga yuborgani allaqaçon ma’lum ekanini aytgan.
“Bundan taşqari, “telefon diplomatiyasi” janob Ilhomning özi bilan ham, turmuş örtoqlarimiz örtasida ham olib borilgan va hozir ham davom etmoqda. Ular ham 8 noyabr kuni nişonlanadigan Ğalaba kuniga katta ahamiyat berişadi.
Turkiya Prezidenti, şuningdek, Anqara va Baku örtasidagi munosabatlar odatiy diplomatik aloqalardan ança keng ekanini doim ta’kidlab kelişini va bu oğayniçilikka heç nima tösiq böla olmasligini qayd etdi.
“Ozarbayjon bilan munosabatlarimiz har doim oddiy diplomatik aloqalardan ança yuqori bölgan. Men buni doim ta’kidlaganman. Ikki mamlakat örtasidagi uzilmas riştalar umumiy tariximiz, madaniyatimiz, muştarak taqdirimiz va Xudo xohlasa, kelajagimizga borib taqaladi. Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi birodarlik yengib öta olmaydigan heç qanday tösiq yöq”, deya qöşimça qildi u.
Sönggi kunlarda Anqara va Baku örtasida yuzaga kelgan taranglik, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Turkiy davlatlar taşkilotining Anqaradagi sammitida qatnaşmagani, uning örniga taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramovning borişi hamda sentyabr oyida Ozarbayjon hukumati davlat maktablari öquvçilarining taşqi körinişini tartibga soluvçi qoidalardagi özgartirişlar ortidan Turkiya va Ozarbayjon rasmiylari örtasidagi ayrim kelişmovçiliklar ikkala qardoş mamlakat orasidagi munosabatlarga dunyo mediasining e’tiborini kuçaytirdi. Erdöğanning 8 noyabrdagi kutilayotgan taşrifi ana şu vaziyatda ikki davlat örtasidagi siyosiy aloqalarni qayta mustahkamlaşga qaratilgan qadam sifatida körilmoqda.
Aliyev Erdöğanning huzuriga bormadi. Tramp omili
29–30 oktyabr kunlari Anqarada ötkazilgan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammitida Turkiya, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston rahbarlari va boşqalar faol qatnaşgan bir paytda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Anqaraga bormadi. Örniga Ozarbayjon delegatsiyasiga Taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov boşçilik qildi. Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari Aliyevning sammitda qatnaşmaganini oldindan rejalaştirilgan majburiyatlari va “iş jadvalining tiğizligi sababli” deya izohlagan. Ya’ni 30 oktyabr kuni Aliyev uçun Turkiyadagi sammitdan ham muhimroq iş – Bakuda ilk bor ötkazilayotgan FIFA U-15 Jahon çempionati va festivalining finalçilarini taqdirlaş edi.
Biroq xalqaro matbuot bu holatni Turkiya va Ozarbayjon örtasida kuçayib borayotgan kelişmovçiliklar fonida yuz berdi deya talqin qildi. Sammit arafasida ikki davlat örtasidagi munosabatlarga ta’sir qilgan bir neçta masala mavjud edi. Ulardan biri sentyabr oyidagi Ozarbayjonda maktab formasiga oid yangi qoidalar va römol masalasi böldi. Turkiyadagi ayrim siyosatçilar hamda jamoatçilik vakillari bu qarorlarni tanqid qilganidan keyin Baku buni mamlakatning içki işlariga aralaşiş sifatida qabul qildi.
Ozarbayjonning 31 nafar Turkiya fuqarolariga nisbatan qöllagan sanksiyalari ham vaziyatni murakkablaştirdi. Turkiya Prezidenti Erdöğanning maslahatçisi Oqtoy Saral ham Ozarbayjonning maktab formasi siyosatini tanqid qilganidan keyin lavozimidan çetlatildi. Bu qaror Anqara bilan munosabatlarni keskinlaştirişdan köra, ularni yumşatişga intilayotganini körsatdi.
Biroq kelişmovçilik faqat maktab formasi masalasi bilan çeklanib qolmadi. Turkiyaning Armaniston bilan munosabatlarni normallaştirişga intilişi, Ozarbayjonning Isroil bilan yaqin aloqalari va ikki davlatning mintaqaviy siyosatdagi ayrim qaraşlari ham munosabatlar fonida muhim örin tutmoqda.
Anqara sammitida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan turkiy dunyoda tarqoqlik, begonalaşuv va kelişmovçiliklarga örin yöqligini aytib, xalqlar örtasidagi birlik va qardoşlik riştalarini alohida qayd etgandi.
“Keça va bugun olingan oilaviy surat umumiy ötmişimizga bölgan sadoqatimiz, şuningdek, umumiy kelajagimizni birgalikda barpo etiş borasidagi qat’iyatimiz ramziga aylandi. Turkiy dunyoning oilaviy davrasida tarqoqlik, begonalaşuv va kelişmovçiliklarga örin yöq. Barçamiz birmiz, birgamiz va Inşaalloh, azaldan abadgaça qardoş bölib qolamiz”, deydi Turkiya Prezidenti Erdöğan.
Mazkur bayonot bevosita Ozarbayjon nomini tilga olmagan bölsa-da, Aliyevning sammitda qatnaşmagani sababli siyosiy mazmun kasb etdi deyiş mumkin. Şu bilan birga, sammit davomida AQŞ Prezidenti Donald Trampning Erdöğan bilan telefon orqali ikki marta muloqot qilgani ham e’tiborga molik. Anqaradan bir okean yoxud 8 ming kilometr narida Vaşingtonda ötirgan Tramp 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi kuni munosabati bilan ötkazilgan rasmiy keçki ovqat vaqtida Erdöğan bilan boğlandi. Suhbatda Tramp Erdöğanga qönğiroq qilib, Turkiy davlatlar taşkiloti yetakçilari sammitini ötkazişda muvaffaqiyat tilagan. Erdöğan esa, öz navbatida, Anqarada TDT sammiti ötkazilayotgani va unda muhokama qilinayotgan masalalar haqida Trampga ma’lumot bergan. Erdöğan esa tadbirda qatnaşayotgan davlat rahbarlarining salomini Trampga yetkazgan.
Bu telefon muloqotini Ozarbayjon bilan boğlab talqin qilmoqçi emasman. Demoqçimanki, Turkiy davlatlar taşkiloti va uning mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlari AQŞ uçun ham e’tiborga molik.
Anqara sammitida savdo, energetika, transport yölaklari va mintaqaviy xavfsizlik kabi masalalar muhokama qilingan bölsa, AQŞning Turkiya bilan muloqotida ham bu yönalişlar muhim örin tutmoqda. Bu esa Ozarbayjon uçun ham ahamiyatli. Çunki Baku mintaqadagi energetika va transport yönalişlarining muhim iştirokçilaridan biri. Donald Trampning 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonib, 2025 yil yanvarida Oq uyga qaytişi AQŞning mintaqadagi siyosiy yönalişiga yangi bosqiç olib keldi. Biroq Ozarbayjon – AQŞ munosabatlarini faqat Trampning şaxsiy qaraşlari bilan izohlab bölmaydi.
Bu munosabatlarda, avvalo, Janubiy Kavkazdagi xavfsizlik va barqarorlik masalasi muhim örin tutadi. Ozarbayjon mintaqadagi siyosiy jarayonlarning asosiy iştirokçilaridan biri bölib, uning Armaniston bilan munosabatlari, tinçlik kelişuviga erişiş va çegaralar xavfsizligini ta’minlaş xalqaro kuçlarning ham e’tiborida. Şu bilan birga, Ozarbayjonning energetika resurslari va ularni xalqaro bozorlarga yetkaziş imkoniyatlari AQŞ uçun ham strategik ahamiyatga ega. Baku neft va gaz eksporti orqali Yevropaning energetika xavfsizligida muhim rol öynaydi. Yevropa va Osiyoni boğlovçi transport yölaklari, jumladan, Kaspiy dengizi orqali amalga oşiriladigan tranzit loyihalari ham mintaqaning iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyatini oşirmoqda. Bunday şaroitda AQŞning Janubiy Kavkazdagi siyosiy va iqtisodiy ta’siri, Armaniston – Ozarbayjon tinçlik jarayonidagi iştiroki hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslari alohida ahamiyat kasb etadi. Şu sababli Vaşington va Baku örtasidagi munosabatlar nafaqat ikki tomonlama diplomatiya, balki Janubiy Kavkazdagi kuçlar muvozanati va xalqaro strategik manfaatlar bilan ham çambarças boğliq.
Ozarbayjon uçun AQŞ bilan aloqalar Rossiya, Turkiya va yevropa bilan munosabatlar kabi köp yönalişli taşqi siyosatning bir qismidir. Baku bir vaqtning özida Turkiya bilan strategik ittifoqni saqlaş, AQŞ bilan iqtisodiy va diplomatik aloqalarni rivojlantiriş hamda mintaqadagi boşqa kuçlar bilan muvozanatni ta’minlaşga intiladi. Şuning uçun Trampning Erdöğan bilan telefon muloqoti Ozarbayjon uçun ham muhim siyosiy fon yaratadi.
Erdöğan va Aliyevning şaxsiy munosabatlari
Turkiya va Ozarbayjon munosabatlarining eng muhim xususiyatlaridan biri – ikki davlat rahbarlari örtasidagi siyosiy yaqinlik. Erdöğan va Aliyev uzoq yillardan beri bir-birini strategik hamkor sifatida körib keladi. Ularning munosabatlari faqat rasmiy uçraşuvlar bilan çeklanmaydi. Ikki davlat rahbarlari köplab xalqaro masalalarda bir-birini qöllab-quvvatlab kelgan. Turkiya Ozarbayjonning Qoraboğ masalasidagi pozitsiyasini ham uzoq yillardan beri qöllab-quvvatlab keladi. Ozarbayjon esa Turkiyaning mintaqaviy va xalqaro siyosatdagi taşabbuslariga köp hollarda yaqin pozitsiyada bölgan. 2021 yil 15 iyunda Şuşa şahrida imzolangan Şuşa deklaratsiyasi ikki davlat örtasidagi ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamladi. Deklaratsiyada siyosiy, iqtisodiy, harbiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Bu hujjat Turkiya va Ozarbayjon munosabatlarini oddiy strategik şeriklikdan ittifoqçilik darajasiga olib çiqişda muhim ahamiyat kasb etdi. Ammo hozirgi vaziyatda şaxsiy yaqinlikning özi barça siyosiy kelişmovçiliklarni bartaraf etişga yetmasligi turgan gap.
8 noyabr. Bu sana 2020 yilda Ikkinçi Qoraboğ uruşi davomida Şuşa şahri Ozarbayjon nazoratiga qaytarilgan kun bilan boğliq. “Ikkinçi Qoraboğ uruşi” deganda Qoraboğ hududining ikkinçi marta egallanişi emas, balki 1990 yillardagi Birinçi Qoraboğ uruşidan keyingi yangi uruş nazarda tutiladi. Birinçi Qoraboğ uruşi 1988–1994 yillar oraliğidagi mojaro bölib, uning natijasida Armaniston kuçlari va mahalliy arman qurolli tuzilmalari Qoraboğ hamda uning atrofidagi hududlarning katta qismini nazorat qilgan.
Ikkinçi Qoraboğ uruşi esa 2020 yil 27 sentyabrda boşlandi. Uruş 44 kun davom etdi va 10 noyabrda Rossiya vositaçiligida imzolangan uç tomonlama bayonot bilan töxtatildi. 8 noyabr kuni Şuşa şahri Ozarbayjon nazoratiga qaytarildi. Şu sababli bu sana mamlakatda Zafar kuni sifatida belgilangan.
Demak, 8 noyabr uruşning rasmiy yakunlangan sanasi emas, balki Ozarbayjon uçun strategik va ramziy ahamiyatga ega bölgan Şuşa ğalabasi kuni hisoblanadi. Turkiya 2020 yilgi uruş davomida Ozarbayjonning siyosiy pozitsiyasini qöllab-quvvatlagan. Erdöğanning 8 noyabr kuni Bakuga borişi şu tarixiy yaqinlikni yana bir bor namoyiş etiş imkoniyatidir. Ammo taşrifning bugungi siyosiy vaziyatdagi ahamiyati şundaki, u ikki davlat örtasidagi munosabatlarni faqat tarixiy xotira orqali emas, balki hozirgi diplomatik kelişmovçiliklar fonida ham mustahkamlaşga qaratilgan.
Iqtisodiy va energetik boğliqlik: Turkiyaga Ozarbayjondan nima naf?
Turkiya va Ozarbayjon munosabatlarining eng mustahkam asoslaridan biri – iqtisodiy va energetik hamkorlik. Siyosiy kelişmovçiliklar yuzaga kelgan taqdirda ham, ikki davlat örtasidagi iqtisodiy aloqalar munosabatlarni saqlab qoluvçi muhim omil bölib qoladi. Ozarbayjon Turkiyaning muhim savdo hamkorlaridan biri. Turkiya esa Ozarbayjonning eksport va import operatsiyalarida asosiy hamkorlar qatoriga kiradi. Ozarbayjonning Turkiyadagi elçixonasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilda ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi 5,72 milliard dollarni taşkil etgan. Şundan Ozarbayjonning Turkiyaga eksporti 3,38 milliard dollar, Turkiyaning Ozarbayjonga eksporti esa 2,34 milliard dollar bölgan. 5 noyabr kuni Janubiy Koreyadan qaytayotgan Erdöğan jurnalistlarga bu ikki tomonlama savdo hajmidagi uşbu raqamlar 11 milliard dollardan oşganini, uni 15 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilinganini ham ma’lum qilgan.
Körib turganingizdek, mazkur raqamlar Turkiya va Ozarbayjon munosabatlari real iqtisodiy manfaatlar bilan boğlanganini oçiqlab turibdi. Ozarbayjonning Turkiya iqtisodiyotidagi iştiroki haqida gap ketganda, SOCAR kompaniyasini alohida körsatiş kerak. SOCAR Ozarbayjonning davlatga tegişli energetika kompaniyasi bölib, uning Turkiyadagi faoliyati neftni qayta işlaş, neft-kimyo, logistika va boşqa yönalişlarni qamrab oladi. Turkiyadagi eng yirik Ozarbayjon investitsiyalaridan biri – Izmir viloyatining Alioğa hududida joylaşgan STAR neftni qayta işlaş zavodi. Ozarbayjon elçixonasi ma’lumotiga köra, zavodga kiritilgan kapital investitsiya 6,3 milliard dollarni taşkil etgan. Bu loyiha Ozarbayjon kapitalining Turkiya sanoatidagi yirik iştirokini körsatadi. SOCARʼning Turkiyadagi faoliyati faqat xom neft yetkazib beriş bilan çeklanmay, uni qayta işlaş va sanoat mahsulotlariga aylantirişni ham öz içiga oladi. Şu jihatdan SOCAR Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi iqtisodiy aloqalarning asosiy institutsional tayançlaridan biri hisoblanadi. Biroq SOCARʼni Ozarbayjon siyosiy elitasining barça iqtisodiy manfaatlarini ifodalovçi yagona kompaniya sifatida körsatiş töğri emas. Kompaniya davlatga tegişli bölsa-da, uning Turkiyadagi faoliyati iqtisodiy va sanoat manfaatlari doirasida tahlil qilinişi kerak.
Turkiya Ozarbayjon gaziga qançalik boğliq?
Energetika munosabatlari ikki davlat hamkorligining eng muhim yönalişlaridan biridir. Ozarbayjon Turkiyaga tabiiy gaz yetkazib beradi. Bu hamkorlikning asosiy infratuzilmalaridan biri – TANAP, ya’ni Trans-Anadolu gaz quvuri. TANAP Ozarbayjon gazini Gruziya orqali Turkiyaga yetkazib, keyinçalik yevropa bozorlariga uzatiş imkonini beruvçi Janubiy gaz yölagining muhim qismidir. Bundan taşqari, Baku – Tbilisi – Jayhun neft quvuri Ozarbayjon neftini Turkiyaning Örta yer dengizi sohiliga yetkazadi. Uşbu yönaliş Ozarbayjonning xalqaro energetika bozoriga çiqişida muhim rol öynaydi.
Turkiya uçun bu hamkorlik energiya manbalarini diversifikatsiya qiliş va mintaqaviy tranzit markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaş imkonini beradi. Ozarbayjon uçun esa Turkiya katta iste’mol bozori va energetika mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib çiqişda muhim hamkor hisoblanadi. Bu özaro manfaatli boğliqlikdir. Şu sababli ikki davlat örtasidagi siyosiy kelişmovçiliklar energetika sohasidagi hamkorlikka ham ta’sir qilişi mumkin, biroq mavjud iqtisodiy manfaatlar munosabatlarni yuqori darajada mustahkam saqlab qoliş uçun kuçli rağbat yaratadi.
Ozarbayjon – Isroil munosabatlari
Ozarbayjon Isroil bilan siyosiy, iqtisodiy va harbiy sohalarda yaqindan hamkorlik qilib keladi. Isroil Ozarbayjon uçun qurol-yaroğ va harbiy texnologiyalar yetkazib beruvçi muhim davlatlardan biri hisoblanadi.
Turli oçiq manbalarda Ozarbayjonning Isroil qurollaridan, jumladan, uçuvçisiz uçiş apparatlari va boşqa harbiy texnologiyalardan foydalangani haqida ma’lumotlar mavjud. 2020 yilgi Qoraboğ uruşi davomida Isroil tomonidan işlab çiqarilgan Harop, SkyStriker va Orbiter-1K kamikadze dronlari, şuningdek, LORA ballistik raketalari va Hermes-450, Hermes-900 razvedka dronlari Ozarbayjon armiyasi tomonidan qöllangani xalqaro matbuotda yoritilgan.
Ozarbayjon va Isroil aloqalarida energetika, mudofaa, texnologiyalar va mintaqaviy xavfsizlik manfaatlari ham mavjud. Ozarbayjon Isroilga neft yetkazib beruvçi muhim davlatlardan biri sifatida ham tilga olinadi. Isroilning Ozarbayjon bilan energetik hamkorligi uning taşqi siyosatidagi muhim yönalişlardan biridir.
Turkiya bölsa Isroilning Ğazodagi harbiy amaliyotlarini keskin qoralab kelmoqda. Anqara va Tel-Aviv örtasidagi munosabatlar şu sababli jiddiy taranglaşgan. Anglayotganingizdek, ikki davlatning Isroil masalasida pozitsiyasi bir-biridan farq qiladi.
Xullas, Erdöğanning 8 noyabr taşrifi qardoşini faqat “zafar”i bilan tabriklaşdan taşqari, özi ta’kidlaganidek, örtadagi kelişmovçiliklarni bartaraf etiş uçun “zarur qadamlarni taşlaş uçun imkoniyat”idir ehtimol. Zarur qadamlarning aynan qanday taşlanişini esa 8 noyabr kuni QALAMPIR.UZ sizga yetkazadi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr