Energetik içimliklar taqiqlanişi mumkin. Qozoğistonda!

Olam

−

image

Qozoğistonda energetik içimliklarni işlab çiqariş, import qiliş va sotişni butunlay taqiqlaş taklif etildi. Bu taşabbus bilan “Otalar ittifoqi” jamoat birlaşmasi çiqdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Qayd etilişiça, petitsiya mualliflari 21 yoşga tölmagan şaxslarga energetik içimliklar sotiş taqiqlangani yetarli emas deb hisoblaydi. Ular uşbu mahsulotlarni işlab çiqariş, tijorat maqsadida olib kiriş, ulgurji va çakana sotişni, jumladan, internet-dökonlar hamda yetkazib beriş xizmatlari orqali tarqatişni ham taqiqlaşni taklif qilmoqda.

Taşkilot öz taklifini energetik içimliklar qon bosimini oşirişi, tarkibidagi şakarning köpligi hamda şakarsiz turlarida işlatiladigan şirinlaştiruvçi moddalar ham zararli bölişi mumkinligi haqidagi fikrlar bilan asoslagan.

Şuningdek, birlaşma vakillari kattalar orasida çarçoq va uyqusizlikni yengiş uçun energetik içimliklarni muntazam iste’mol qiliş holatlariga e’tibor qaratgan. Ularning fikriça, bu uyqu bilan boğliq muammolar va içimlikka qaramlikni keltirib çiqarişi mumkin.

Petitsiyada energetik içimliklar reklamasini, ularni bepul tarqatiş va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarğib qilişni ham taqiqlaş taklif etilgan. Bundan taşqari, mahsulot nomini özgartiriş orqali taqiqni çetlab ötişning oldini oliş, noqonuniy savdo uçun javobgarlik belgilaş hamda işlab çiqaruvçi, import qiluvçi va sotuvçilar faoliyati ustidan nazorat örnatiş söralgan.

Taşkilot tegişli petitsiyani mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligiga yöllagan.

Bungaça Qozoğiston Soğliqni saqlaş vazirligi bolalarga yönaltirilgan fastfud, şirin içimliklar va tarkibida şakar, tuz hamda töyingan yoğlar köp bölgan mahsulotlar reklamasini çeklaşni taklif qilgan edi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov hukumatga bir oy muddatda energetik içimliklar işlab çiqariş va ularni mamlakatga olib kirişni taqiqlaş masalasini körib çiqişni topşirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing