Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Endi tomorqasini qarovsiz qoldirganlar uch karra yuqori soliq to‘laydi

Jamiyat

image

Endi ekin to‘liq ekilmagan yoki qarovsiz qoldirilgan yer egalari bir yil davomida yer solig‘i stavkasini uch karra miqdorida to‘laydi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14 fevral kuni qabul qilingan “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Qayd etilishicha, aholi tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan har chorakda o‘rganish olib boriladi. O‘rganish davomida xonadondagi tomorqa va ijara yerlarida ekin ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bo‘lsa, quyidagi choralar qo‘llaniladi.

  1. Imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.
  2. Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun yordamlar (moddiy yordam yoki bola puli kabi) to‘xtatiladi.
  3. Yer solig‘i uch karra yuqori miqdorda hisoblanadi.

Qolaversa, tomorqa va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni ekin ekiladigan maydonlariga ekin ekilgan taqdirda, “mahalla yettiligi” kafilligi bilan barcha imtiyozlar va amaldagi soliq stavkalari tiklab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi bo‘yicha yig‘ilishda bu yil kartoshkachilikni rivojlantirish uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 400 milliard so‘m yo‘naltirilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Shavkat Mirziyoev tomorqa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing