Mirziyoyevga Trampdan ham tabrik keldi
Jamiyat
−
21 mart
1852Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Muhtaram Prezident janoblari! Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi nomidan Sizni va butun O‘zbekiston xalqini ajoyib Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman. Bu barcha uchun tinchlik, farovonlik va yangilanish bayramidir”, deyiladi xabarda.
Trapm o‘z tabrigida mamlakatlar o‘rtasida mustahkam rishtalar o‘rnatilayotganini yuksak qadrlashini va Mirziyoyevning izchil islohotlar dasturini olqishlashini bildirgan.
“Savdo aloqalarimizni kengaytirish va zamonamizning eng yirik muammolarini hal etish yo‘lida hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutaman. Buyuk davlatlarimiz ravnaq sari intilayotgan bir paytda, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashga sodiq bo‘lib qoladi. Navro‘z muborak!”, deyiladi tabrikda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘llagan edi.