Tramp, Putin va Si Szinpin nima qilmoqçi? Japarov xavotirda
Tahlil
−
19:27 776 12 daqiqa
Qirğiziston Prezidenti Japarov ayrim siyosatçilar tomonidan saylovlar arafasida mamlakatdagi özbeklar va qirğizlar örtasida nizo çiqarişga urinişlar bölayotganini aytdi. Bu ikki oydan keyin ötkaziladigan prezidentlik saylovlari oldidan odamlar e’tiborini tortişmi yoki Prezidentning xavotirlari asoslimi?
Ispaniyada 14 yil deganda birinçi marta umummilliy iş taşlaş holati kuzatildi. Buning asosiy sababi sifatida uy-joy ijara narxining oşişi va ijtimoiy tengsizlikning kuçayişi körsatilmoqda. Xöş, hukumat endi nima qiladi?
Bir tomonda AQŞ Prezidenti Donald Tramp, ikkinçi tomonda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, uçinçi tomonda esa Xitoy rahbari Si Szinpin. Bu uç davlat dunyodagi eng yirik yadroviy arsenallarga ega. Ular örtasidagi munosabatlar esa xalqaro siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik va harbiy muvozanatga bevosita ta’sir körsatişi turgan gap.
2026 yil 19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida uşbu uç davlat rahbarlarining tarixiy uç tomonlama uçraşuvi ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu dunyoning eng yirik yadroviy qudratga ega uç davlati rahbarlarining birgalikdagi ilk uçraşuvi böladi.
Xöş, Donald Tramp, Vladimir Putin va Si Szinpin qanday maqsadda bir stol atrofiga yiğilmoqda? Ular yadroviy qurollar böyiça kelişuvga erişa oladimi? Eron bilan boğliq mojaro muhokama qilinadimi? Eng muhimi, Ukraina taqdiri uç davlat örtasidagi muzokaralarda qanday örin egallaydi? Keling, masalaning eng muhim jihatlarini tahlil qilamiz.
Ularning qölida qança yadroviy qurol bor?
Uçraşuvning eng muhim mavzularidan biri — yadroviy qurollarni nazorat qiliş va qisqartiriş masalasi. Buning sababini tuşuniş uçun uç davlatning yadroviy salohiyatiga e’tibor qaratiş kifoya. Amerikaning Atom olimlari federatsiyasi 2026 yilgi baholarida dunyo yadroviy arsenaliga oid quyidagi raqamlarni keltiradi:
- Rossiya – taxminan 5 420 ta yadroviy kallak;
- AQŞ – taxminan 5 042 ta yadroviy kallak;
- Xitoy – taxminan 620 ta yadroviy kallak.
Demak, uşbu uç davlatning özi dunyodagi yadroviy qurollarning juda katta qismini nazorat qiladi.
Bu raqamlar faqat jangovar şay holatdagi qurollarni emas, balki harbiy zaxiradagi va ayrim hisoblarda foydalanişdan çiqarilgan, ammo hali demontaj qilinmagan kallaklarni ham qamrab oladi. Şuning uçun yadroviy qurollar soni haqida gap ketganda, umumiy arsenal bilan bevosita jangovar kuçlar tarkibida joylaştirilgan qurollarni farqlaş muhim. Masalan, FAS ma’lumotlariga köra, AQŞ va Rossiya birgalikda dunyodagi barça yadroviy kallaklarning qariyb 86 foiziga egalik qiladi. Xitoyning yadroviy arsenali esa hozirça bu ikki davlatnikidan ança kiçik. Ammo Pekin öz yadroviy imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda. Xitoy quruqlikdagi raketalar, suvosti kemalaridan uçiriladigan ballistik raketalar va strategik aviatsiya imkoniyatlarini rivojlantirmoqda. Bu esa Vaşingtonni jiddiy taşvişga solmoqda. AQŞ Xitoyni yadroviy qurollarni nazorat qiliş böyiça kelajakdagi muzokaralarga jalb etişni istaydi. Çunki faqat Rossiya bilan kelişuv tuziş kelajakdagi global yadroviy muvozanatni töliq qamrab olmaydi.
New start şartnomasi tugadi: dunyo yangi yadroviy poyga ostonasidami?
Bu uçraşuvning aynan hozir ötkazilayotgani bejiz emas. AQŞ va Rossiya örtasidagi strategik yadroviy qurollarni çeklaşga qaratilgan New START şartnomasi 2026 yil fevral oyida öz amal qiliş muddatini yakunladi. Uşbu şartnoma ikki davlatning strategik yadroviy qurollarini çeklaş va özaro tekşiruv mexanizmlarini ta’minlaşda muhim ahamiyatga ega edi. Uning tugaşi bilan AQŞ va Rossiya örtasida strategik yadroviy arsenallarni çeklaş böyiça sönggi asosiy ikki tomonlama huquqiy mexanizm ham öz nihoyasiga yetdi. “Associated Press” xabariga köra, Donald Tramp Rossiyaning şartnomani yana bir yilga uzaytiriş taklifini qabul qilmagan. Uning örniga Xitoy ham iştirok etadigan yangi, takomillaştirilgan kelişuv tuziş tarafdori ekanini bildirgan. Bu juda muhim özgariş. Çunki Sovuq uruş davridan keyingi xalqaro xavfsizlik tizimida AQŞ va Rossiya örtasidagi yadroviy kelişuvlar alohida örin tutgan. Endi esa Vaşington uşbu tizimga Xitoyni ham qöşmoqçi. Ammo buning oson bölmasligi aniq.
Yadroviy qurollar sonini qisqartiriş bir masala, ularni tekşiriş, hisobga oliş, joylaştirilişini nazorat qiliş va şartnomaga rioya etilişini ta’minlaş esa mutlaqo boşqa masala. Şuning uçun 19 noyabrdagi uçraşuvda darhol yangi şartnoma imzolanişi kutilmayapti. Ehtimol, bu uç davlat örtasida uzoq muddatli muzokaralar uçun dastlabki siyosiy zamin yaratişi mumkin.
Eron masalasi: uç davlatni birlaştirişi yoki yanada uzoqlaştirişi mumkin bölgan mavzu
Uçraşuvning yana bir muhim yönalişi – Eron bilan boğliq uruş va mintaqaviy xavfsizlik masalalari. Donald Tramp Eron masalasini Putin va Si Szinpin bilan muhokama qilmoqçi. Bu masala ayniqsa muhim, çunki Eron Yaqin Şarqdagi geosiyosiy muvozanatda katta örin tutadi. Eronning yadroviy dasturi, mintaqadagi harbiy-siyosiy ta’siri, energetika yöllari va xalqaro sanksiyalar masalasi köp yillardan beri yirik davlatlar örtasidagi munosabatlarga ta’sir körsatib kelmoqda. Rossiya va Eron örtasidagi hamkorlik ham Vaşington uçun alohida taşviş manbai hisoblanadi. Xitoy esa Eron bilan iqtisodiy va energetik aloqalarga ega. Pekin Yaqin Şarqda öz manfaatlarini himoya qiliş, energiya ta’minotining barqarorligini saqlaş va mintaqadagi siyosiy ta’sirini kuçaytirişga intiladi. Şu nuqtai nazardan, Tramp uçun bu uçraşuv Eron masalasida Rossiya va Xitoyning pozitsiyasini biliş imkoniyati ham böladi. Biroq uç davlatning bu boradagi manfaatlari bir xil emas. AQŞ Eronning harbiy va yadroviy salohiyatini çeklaşga intilsa, Rossiya va Xitoy öz strategik manfaatlaridan kelib çiqib harakat qiladi. Şu sababli Eron masalasida ham katta kelişuvga erişiş oson bölmaydi.
Ukraina masalasi: Kiyev çetda qolib ketmaydimi?
Uç tomonlama uçraşuvning eng nozik jihatlaridan biri — Ukraina masalasi. AQŞ rasmiylaridan birining ma’lum qilişiça, Ukraina masalasi uçraşuvning rasmiy kun tartibiga kiritilmagan. Ammo bu Ukraina mavzusi umuman tilga olinmaydi, degani emas. Çunki Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş nafaqat Yevropa, balki butun dunyo xavfsizlik tizimiga ta’sir körsatmoqda.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uçun AQŞ va Xitoy rahbarlari bilan birgalikda muzokara olib boriş xalqaro maydondagi siyosiy mavqeini namoyiş etiş imkoniyatidir. Bunday uçraşuv Rossiyaning xalqaro yakkalanib qolganligi haqidagi tasavvurlarni zaiflaştirişga ham xizmat qilişi mumkin.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa uçraşuv natijasida Kiyev iştirokisiz Ukraina taqdiri böyiça qandaydir kelişuvlar muhokama qilinişidan xavotir bildirgan. Bu xavotirni tuşuniş mumkin. Çunki Rossiya bilan uruş olib borayotgan davlatning kelajagi haqidagi qarorlar uning bevosita iştirokisiz muhokama qilinişi xalqaro diplomatiyada jiddiy savollar tuğdiradi.
“Associated Press” tahlilida ham bu uçraşuv Putin uçun Rossiya, AQŞ va Xitoyni dunyo siyosatidagi teng darajadagi kuç markazlari sifatida körsatiş imkoniyati ekani qayd etilgan. Şu bilan birga, uçraşuvda Ukraina böyiça rasmiy muzokara rejalaştirilmagan bölsa-da, uning xalqaro siyosiy ta’sirini inkor etib bölmaydi.
Uçraşuvdan qanday natijalar kutiş mumkin?
Xöş, 19 noyabr kuni Şençjenda tarixiy kelişuv imzolanişi mumkinmi? Hozirça bunday taxminlar uçun asos yetarli emas. “Associated Press” xabarida AQŞ rasmiylari uçraşuv yakunida muayyan kelişuv e’lon qilinişini kutmayotgani qayd etilgan. Vaşington vakillari bu uçraşuvni yadroviy qurollarni qisqartiriş böyiça kelajakdagi samarali muzokaralarning boşlanişi sifatida körmoqda.
Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi — CSIS ekspertlari ham uç tomonlama yadroviy kelişuvga erişiş oson emasligini ta’kidlamoqda. Ularning fikriça, agar uçraşuvda yadroviy masala böyiça qandaydir natijaga erişilsa ham, bu hozirça majburiy va tekşiriladigan qurolsizlaniş şartnomasidan köra siyosiy bayonot şaklida bölişi ehtimoli yuqori.
Demak, asosiy natija darhol qurollarni qisqartiriş emas, balki uç davlat örtasida muzokaralar uçun aloqa kanallarini şakllantiriş bölişi mumkin. Biroq bu ham kiçik natija emas. Çunki yadroviy qurollarga ega davlatlar örtasida muloqotning uzilişi notöğri hisob-kitoblar va keskinlaşuv xavfini oşirişi mumkin.
Qirğizistondagi qirğizlar va özbeklar örtasida nizo çiqarişmoqçi – Japarov
Qirğizistonda bir qator siyosatçilar prezidentlik saylovlari oldidan özbeklar va qirğizlar örtasida millatlararo nizo keltirib çiqariş rejalarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 12 noyabr kuni mamlakat aholisiga yöllagan murojaatida aytdi.
Japarovning sözlariga köra, ayrim siyosiy kuçlar ommaviy tartibsizliklarni keltirib çiqariş va ovoz beriş jarayonini izdan çiqariş maqsadida millatlararo adovatni qözğatiş imkoniyatini muhokama qilmoqda.
“Hozirça ular bu haqda şunçaki gapirişmoqda. Biroq uşbu provokatsion maqsadlarning voqelikka aylaniş ehtimoli mavjud”, deyiladi murojaatda.
Japarov fuqarolarning milliy tuyğulariga tegadigan yolğon miş-mişlar va provokatsion bayonotlar bunday töqnaşuvlarga bahona bölişi mumkinligini qayd etgan. U 1990 va 2010 yillardagi millatlararo töqnaşuvlar oqibatida tinç aholi – ham qirğizlar, ham özbeklar halok bölgan fojiali voqealarni eslatib ötgan. Prezidentning fikriça, bunday nizolarning taşkilotçilari hokimiyatga intiladi, asosiy jabrlanuvçilar esa oddiy fuqarolar bölib qoladi.
Davlat rahbari qirğizistonliklarni millatiga qaramasdan, provokatsiyalarga uçmaslikka çaqirgan. U alohida ravişda keksa avlod vakillariga murojaat qilib, 1990 va 2010 yillardagi voqealarni boşdan keçirmagan yoşlarga millatlararo töqnaşuvlarning ehtimoliy oqibatlarini tuşuntirişni söragan. Şu bilan birga, Japarov davlat ommaviy tartibsizliklarga tezkorlik bilan çek qöyiş uçun yetarli kuçlarga ega ekanini ta’kidlagan.
“Agar tösatdan nizo kelib çiqsa, davlatda uni bir-ikki kun içida bartaraf etiş uçun yetarli kuç va imkoniyatlar mavjud. Biroq, ming afsuski, bunday holatda jabrlanuvçilar bölişi muqarrar”, deydi u.
Japarov taxmin qilinayotgan provokatsion rejalarni alohida ravişda Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli qurilişi bilan boğlagan.
Uning ta’kidlaşiça, xayrxoh bölmagan siyosatçilar orasida uşbu transport yölagi qurilişi yakunlanişidan xavotirlanayotgan şaxslar bor. Japarov Xitoy mavzusi atrofida jamoatçilik noroziligini keltirib çiqarişga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinişlardan söng, uşbu kuçlar qirğizlar va özbeklar örtasidagi ziddiyatlarni alangalatişga urinişi mumkinligini taxmin qilgan. Prezident taxmin qilinayotgan taşkilotçilarning ismlarini aytmagan. Murojaatda provokatsiyalarga tayyorgarlik körilayotgani haqida aniq dalillar ham keltirilmagan.
Qirğiziston rahbari huquqni muhofaza qiliş organlari noqonuniy faoliyatni aniqlaş uçun yetarli texnik imkoniyatlarga ega ekani haqida ogohlantirgan. Xususan, u butun mamlakat böylab örnatilgan ön minglab videokuzatuv kameralarini tilga olgan.
“Xatti-harakatlaringiz e’tibordan çetda qoladi, deb öylamang!” deya murojaat qilgan Prezident provokatsiyalarning taxminiy taşkilotçilariga.
U, şuningdek, millatlararo adovatni qözğatişga aloqador şaxslar javobgarlikka tortilişi mumkinligidan ogohlantirgan. Japarov fuqarolarni provokatsion çiqişlar va harakatlar haqida zudlik bilan Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ), Içki işlar vazirligining hududiy bölinmalariga yoki mahalliy hokimiyat organlariga xabar berişga çaqirgan.
U Qirğizistonga tinçlik, barqarorlik va barça etnik guruhlar örtasidagi totuvlik zarurligini ta’kidlagan. Eslatib ötamiz, Qirğizistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027 yil 27 yanvarga belgilangan.
Ispaniyaliklar iş taşlamoqda
Odatda futbol tomoşasiga ketayotgan muxlislar bilan gavjum böladigan Ispaniya köçalari ötgan haftada hukumatdan norozi aholi vakillari bilan töldi. Sabab esa uy-joy narxlari va ijara haqining oşişi, şuningdek, hamyonbop turar joylar yetişmasligi böldi. Bu holatga qarşi ön minglab kişi köçaga çiqdi. Joriy yilning 11 noyabr kuni mamlakat böylab umummilliy iş taşlaş ham ötkazildi. Namoyişlar bir qator şaharlarda bölib ötdi. Madridda mahalliy hokimiyat ma’lumotiga köra, aksiyalarda 120 ming kişi qatnaşgan. Ijaraçilar uyuşmalari esa iştirokçilar soni 600 ming nafarga yetganini bildirgan. Barselonada politsiya hisob-kitobi böyiça 55 ming kişi köçaga çiqqan.
Iş taşlaş Ispaniyada sönggi 14 yil içidagi birinçi umummilliy iş taşlaş bölib, bir kun davom etgan. U mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy hayotning ayrim sohalariga ta’sir körsatgan. Namoyişlar aksariyat şaharlarda tinç ötgan. Biroq Barselonada aksiyalar yakunlanganidan keyin tartibsizliklar yuzaga kelgan. Ma’lumotlarga köra, yuzlarini berkitgan öng radikallar bir neçta dökonning vitrinalarini sindirgan, çiqindi qutilariga öt qöygan va politsiya xodimlariga toş, şişa idişlar hamda petardalar otgan. Politsiya ularga qarşi rezina tayoqlardan foydalangan. Mamlakat böylab namoyişlar davomida kamida 52 kişi hibsga olingan.
Kasaba uyuşmalari iş taşlaşni muvaffaqiyatli deb baholagan. Xususan, CCOO uyuşmasi elektr energiyasi iste’moli odatdagi iş kuniga qaraganda yakşanba kunlariga xos darajaga tuşganini bildirgan. Iş beruvçilarni birlaştiruvçi CEOE taşkiloti esa iş taşlaşda xodimlarning 10 foizidan kami qatnaşganini ma’lum qilgan.
Qayd etilişiça, ommaviy noroziliklarga Madridda 87 yoşli Marikarmen Abaskalning ijarada yaşab kelgan uyidan köçirilişi ham turtki bölgan. U 70 yil davomida mazkur xonadonda yaşab, oyiga 500 yevro ijara tölagan. 2018 yilda uy yangi kompaniya ixtiyoriga ötgaç, ijara haqi uning pensiyasidan ham oşib ketadigan darajagaça kötarilgan. 23 sentyabr kuni ayol uyidan köçirilgan, bir neça kun ötib esa şifoxonada vafot etgan.
Ispaniyada uy-joy inqirozi sönggi yillarda tobora kuçayib bormoqda. Uy va ijara narxlari aholi daromadlariga nisbatan tezroq ösmoqda. Şu sababli köplab yoşlar, hatto 30 yoşdan oşganlar ham mustaqil ravişda uy ijaraga oliş imkoniyatiga ega bölmay, ota-onalari bilan yaşaşda davom etmoqda.
Mamlakat Markaziy banki bahosiga köra, Ispaniyada taxminan 750 mingta uy-joy yetişmaydi. 2028 yilga borib bu tanqislik 1 milliondan oşişi kutilmoqda. Uy-joy yetişmovçiligiga aholi va migrantlar sonining ortişi hamda arzon uylar qurilişi talab darajasida emasligi ta’sir qilmoqda.
Ma’lumot uçun, Ispaniya Boş vaziri Pedro Sançes 5 oktyabr kuni parlamentni tarqatib yuboriş va 29 noyabrda muddatidan oldin parlament saylovlarini ötkaziş haqida qaror qabul qilgan. Bunga parlamentning hukumat taklif qilgan uy-joy bozori islohotini rad etişi ortidan yuzaga kelgan vaziyat sabab bölgan.
Live
Barchasi