Dubaydagi uy, birovning nomidagi maşina va tagiga olgan biznes – “Imarat” maşmaşasi

Tahlil

−

Reklama
0:00

Kosmik kemalar koinotni zabt etayotgan bir paytda, Özbekistonda bir haftadan buyon “Imarat Development” atrofidagi mojaro muhokamalar markazida turibdi. Hali tergov jarayonlari yakunlanmagan, sud muhokamalari boşlanmagan bölsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda jamoatçilik ikki qarama-qarşi fikrga bölinib ulgurdi. Kimdir Marat Xamdamovni xalqni aldaşda ayblayotgan bölsa, boşqalar unga va turmuş örtoği Şahzoda Muhammedovaga işonç bildirmoqda.

Voqealar tobora jiddiy tus olayotgan bir paytda Şahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqda videomurojaat bilan çiqiş qildi. “Haqiqat qaror topadi. Men Özbekistonda adolat borligiga işonaman”, degan sözlar bilan boşlangan murojaatda u “Imarat Development” faoliyati bilan boğliq öz qaraşlarini bayon qildi.

Aktrisaning ta’kidlaşiça, Jasur Azizov uning va turmuş örtoği Marat Xamdamovning obrösi hamda yuzidan foydalangan holda, özining moliyaçisi Hilola va jamoasi bilan birgalikda harakat qilgan. Uning aytişiça, Şahzoda Muhammedova kompaniyaning ambassadori bölgan, Marat Xamdamov esa investor sifatida faoliyat yuritiş bilan birga, sotuv ofisini ham boşqargan.

Muhammedova, şuningdek, hozirda foydalanayotgan avtomobili va Dubaydan olingan uy ham uning yoki turmuş örtoğining nomida emas, balki Jasur Azizov nomida rasmiylaştirilganini ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, turmuş örtoği unga voqealarga oid barça dalil va hujjatlarni qoldirgan. Muhammedova Jasur Azizov moliyaçi Hilola va boşqa hamkorlari bilan birgalikda kompaniya hisoblariga kelib tuşgan mablağlarni öz qarindoşlarining hisob raqamlariga ötkazib kelganini da’vo qildi. Şuningdek, yuzaga kelgan vaziyatdan oddiy xaridorlar qançalik zarar körgan bölsa, ularning oilasi ham şunçalik jabr körganini ta’kidladi.

Aktrisa Marat Xamdamov va uning özi kompaniya mablağlarini özlaştirib, xorijga çiqib ketiş niyatida bölgani haqidagi gaplarni ham rad etdi. Uning fikriça, agar şunday maqsad bölganida, ular allaqaçon çet elda bölişgan bölardi. Şu örinda Muhammedova Jasur Azizovning Dubaydan Germaniyaga uçib ketayotgan vaqtida Interpol orqali Özbekistonga olib kelinganiga ham e’tibor qaratdi.

Muhammedovaning yana bir da’vosiga köra, Jasur Azizov bir neça bor Marat Xamdamovga kompaniya nomini özgartiriş va şu orqali davlatdan kredit oliş taklifini bildirgan. Aktrisa bu haqdagi suhbatlar yozib olingan audioyozuvlar ham mavjudligini aytdi.

Uning ta’kidlaşiça, kompaniya nomi özgarganidan keyin xaridorlarda savollar paydo bölsa, ularga Marat Xamdamov oddiy xodim bölgani, endi esa kompaniyani yangi rahbariyat boşqarayotgani va yangi investor jalb qilinib, uylar qurib topşirilişi haqida tuşuntiriş beriş rejalaştirilgan.

Şahzoda Muhammedova Jasur Azizovning avvaldanoq Marat Xamdamovni biznesdan çetlaştiriş va uni jinoiy javobgarlikka tortiş niyati bölganini ham iddao qildi. Uning aytişiça, kompaniya rahbariyatiga boşqa şaxslarni olib keliş, yangi investor jalb qilinganini bildiriş va Xamdamovning özlaştirilgan mablağlarini ular qoplayotganini aytiş orqali xaridorlarni işontirişga harakat qilingan.

Muhammedova Marat Xamdamov tegişli idoralarga murojaat qilmoqçi bölganida, Jasur Azizov uni bu fikridan qaytarganini ham bildirdi. Aktrisaning aytişiça, Azizov turmuş örtoğiga barça şeriklar birgalikda javobgarlikka tortilişi mumkinligini aytgan va unga ham bu haqda gapirmaslikni tavsiya qilgan. Muhammedova şu sababli hozirgaça sukut saqlab kelganini ta’kidladi.

Audioyozuvlarda nimalar aks etgan?

Şahzoda Muhammedova birinçi videomurojaatini e’lon qilganidan bir neça soat ötib, uning ikkinçi qismini ham joylaştirdi. Unda asosan Jasur Azizov va Marat Xamdamov örtasidagi suhbatlardan olingan audioyozuvlar örin olgan.

Audioyozuvlardan birida Jasur Azizov uylar qurilmay qolgan taqdirda, eng katta javobgarlik uning zimmasiga tuşişini aytadi. Bunga sabab sifatida barça hujjatlarda kompaniyaning öz nomi turganini keltiradi. Şuningdek, u yuzaga kelgan vaziyatdan çarçaganini va kimdir loyihani sotib oliş istagini bildirsa, uni heç ikkilanmasdan sotişga tayyorligini aytadi.

Marat Xamdamovning audioyozuvdagi gaplaridan esa uning kompaniyaning har bir loyihasida uluşi borligi va bu loyihalar uçun şaxsan javobgarlikni his qilişi anglaşiladi. U öz nomiga aloqador kompaniyalar orqali qöşimça kreditlar olinişiga rozi emasligini qat’iy bildirgan.

Xamdamovning ta’kidlaşiça, fuqarolardan uy-joy qurilişi uçun yetarliça mablağ yiğilgan va endi aynan şu mablağlar hisobidan quriliş işlari davom ettirilişi kerak. U xalq uni tanişini, har bir loyiha uçun şaxsan javobgarlikni öz zimmasiga olganini ham qayd etgan.

Marat Xamdamovning uşbu fikrlariga javoban Jasur Azizov ham loyiha uçun faqat Xamdamov emas, balki uning özi ham javobgar ekanini aytgan. Uning sözlariga köra, kompaniyaga tegişli hujjatlarning barçasida öz nomi turgani sababli, vaziyat yuzasidan yuqori turuvçi idoralarga ham hisobot bergan.

Azizov uylar qurilmay qolsa va fuqarolar tegişli idoralarga şikoyat bilan murojaat qilsa, birinçi navbatda uning özi javob berişga çaqirilişini ta’kidlagan. Şuningdek, u Xamdamovga turli fitnalar va özini jabrdiyda qilib körsatişga hojat yöqligini aytgan. Uning fikriça, Marat Xamdamovni jamoatçilik tanişi mumkin, biroq rasmiy hujjatlarda uning nomi turgani uçun asosiy javobgarlik Jasur Azizov zimmasida.

Xulosa qilib aytganda, “Imarat Development” atrofidagi mojaro kundan-kunga yangi tafsilotlar bilan boyib bormoqda. Tomonlarning bir-biriga nisbatan bildirgan da’volari, e’lon qilingan audioyozuvlar va videomurojaatlar jamoatçilikda turli savollarni keltirib çiqarmoqda.

Biroq hozirça tergov jarayonlari davom etmoqda, sud muhokamalari esa boşlangani yöq. Şu bois, tomonlar bildirgan fikrlar va ilgari surayotgan da’volarni tasdiqlangan fakt sifatida qabul qilişga şoşilmaslik kerak. Voqealarga huquqiy baho berilişi va aybdorlar aniqlanişi uçun tergov hamda sud jarayonlarining yakunlanişini kutiş lozim.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing