Davlat yerini auksionda “kelishtirib” berishni va’da qilganlar ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 2 gektar davlat zaxirasidagi yerni auksion orqali arzon narxda olib berishni va’da qilgan Ekologiya bo‘limi bosh mutaxassisi va uning kadastrdagi tanishi 12 mln so‘m olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Oltinsoy tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Uzun tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi M.B. fuqaro R.Yu.ga “Ulanqul” MFY hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 2 gektar yer maydonini auksionga chiqarib, arzon narxda olib berishini aytgan. Buning evaziga u 2 ming AQSH dollari talab qilgan va kelishilgan puldan 12 mln so‘mni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Davom ettirilgan tezkor tadbirda esa Uzun tumani Davlat kadastrlar palatasining yerlarni auksionga chiqarish sho‘’basi yetakchi mutaxassisi K.N. M.B.dan 12 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda fuqaroning savdo do‘konidagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi sabab yuzaga kelgan 400 mln so‘mlik qarzdorligini tanishlari orqali kamaytirib berishni va’da qilgan shaxs 3 ming dollar olayotganda ushlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing