“Svet”dan qarzdorlikni kamaytirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
21:49 124 1 daqiqa
Andijonda fuqaroning savdo do‘konidagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi sabab yuzaga kelgan 400 mln so‘mlik qarzdorligini tanishlari orqali kamaytirib berishni va’da qilgan shaxs 3 ming dollar olayotganda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.A. fuqaro Q.M. ning savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan vujudga kelgan 400 mln so‘mlik qarzdorlikni “Hududiy elektr ta’minoti” AJ Andijon viloyati filialida ishlovchi tanishlari orqali kamaytirib berishini aytib, buning evaziga 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i fuqaroning noturar binosini turarjoy toifasiga o‘tkazib berishni va’da qilib, 1 000 AQSH dollari talab qilgan va pulning bir qismini olgan vaqtida ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi