Davlat Bobonov Osiyo o‘yinlari kumush medaliga ega chiqdi (video)

Sport

−

image

Xitoyning Hanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 26 sentyabr kuni o‘zbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov delegatsiyaga navbatdagi medalni taqdim qildi.

-90 kilogramm vazn toifasining finalida ishtirok etgan Bobonov qirg‘izistonlik Yerlan Sherovga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.

Shuningdek, yana bir O‘zbekiston vakili Irisxon Qurbonboyeva -78 kilogramm vazn toifasining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Qurbonboyeva uchinchi o‘rin uchun bahsda mo‘g‘ulistonlik Xuslen Otgonbayarni mag‘lub etgan holda shohsupaga ko‘tariladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing