David Silva 3 yillik tanaffusdan so‘ng futbolga qaytdi

Sport

−

image

Ispaniya terma jamoasi bilan 2010 yilgi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan yarim himoyachi David Silva futbolga qaytdi. 40 yoshli futbolchi Gonkong Premer-ligasi vakili “Sha Tin” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Shartnoma shartlari oshkor qilinmagan. Biroq kelishuv qisqa muddatga mo‘ljallangani ma’lum qilindi.
Silva 2020 yildan 2023 yilgacha “Real Sosedad” safida to‘p tepgan va shundan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan edi. Unga qadar ispaniyalik futbolchi “Manchester Siti” va “Valensiya” klublarida o‘ynagan. Shuningdek, “Selta Vigo” va “Eybar”da ijara asosida faoliyat yuritgan.

Silva “Manchester Siti” bilan Angliya Premer-ligasida to‘rt marta, Angliya Kubogida ikki marta, Liga Kubogida besh marta va Superkubokda uch marta g‘olib chiqqan. Shuningdek, “Valensiya” bilan Ispaniya Kubogida ikki bor chempion bo‘lgan. Ispaniya terma jamoasi bilan esa 2010 yilgi Jahon chempionati hamda 2008 va 2012 yillardagi Yevropa chempionatlarida g‘olib chiqqan.

Ma’lumot uchun, David Silva Ispaniya terma jamoasi safida jami 125 ta uchrashuvda maydonga tushib, 35 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing