Darvin Nunes yangi jamoa bilan kelishuvga erishdi
Sport
−
10 avgust 1502 1 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” klubining sobiq hujumchisi Darvin Nunes “Trabzonspor”ga ijara asosida o‘tishga yaqin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Nunesning Turkiya klubiga o‘tishi bo‘yicha kelishuv muvaffaqiyatli yakunlangan va bitimning barcha shartlari kelishib olingan.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli hujumchi 2025-2026 yilgi mavsumda “Al-Hilol” safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. O‘tgan yil yozida Saudiya Arabistoni klubi Nunesni “Liverpul”dan 53 million yevroga sotib olgan edi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi. Uning “Al-Hilol” bilan shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Trabzonspor” klubi “Liverpul”ning yana bir sobiq futbolchisi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolagandi.
Live
Barchasi