Bolalar öyinçoğiga “gaşiş” yaşirgan ayol qölga olindi
3-sahifa
−
08:37 270 2 daqiqa
Farğona viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 12 kilogrammga yaqin “gaşiş” giyohvandlik moddasi musodara qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 17 noyabr kuni “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti, Surxondaryo va Farğona viloyatlari IIB xodimlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Dastlabki tadbir Farğona viloyatining Danğara tumanida taşkil etilgan. Unda 1987 yilda tuğilgan, ilgari narkojinoyat sodir etganlik uçun sudlangan yirik narkosavdogar qölga olingan. U xaridorga Danğara tumanidagi dala maydonida yaşirilgan 11 kilogramm “gaşiş”ning geolokatsiyasini yuborib, giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida uşlangan.
Aniqlanişiça, mazkur şaxs bir neça yil davomida narkosavdo bilan şuğullanib, giyohvandlik vositalarini qöşni respublikada yaşovçi şeriklari orqali olib kelgan va turli viloyatlardagi mijozlarga tarqatgan.
Tezkor tadbirlar Farğona viloyatining Boğdod tumanida davom ettirilgan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari 1982 yilda tuğilgan fuqaroning yaşaş manzilini közdan keçirgan. Natijada xonadondan 50 gramm “gaşiş” va elektron tarozi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Suriştiruv davomida uşbu giyohvandlik vositasini unga 1993 yilda tuğilgan ayol yetkazib bergani ma’lum bölgan. Ayol Qöqon şahrida töxtatilib, yonidagi buyumlar tekşirilganda, kiyim-keçak solingan sumka içidagi bolalar öyinçoğidan skotçga öralgan 533 gramm “gaşiş” topilgan.
Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 12 kilogrammga yaqin “gaşiş” musodara qilinib, uning 26 ming 200 dozasi aholiga tarqatilişining oldi olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan narkosavdogarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi hamda 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Qöştepa tumanida yaşovçi fuqaroning xonadon tom qismidan 1 kilogramm 205 gramm marixuana giyohvandlik vositasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi