Futzal. O‘zbekiston Quvaytni yirik hisobda mag‘lub etdi

Sport

−

image

Bugun, 23 sentyabr kuni O‘zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentdagi yig‘in doirasida Quvayt vakillariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahsda Bahodir Ahmedov shogirdlari mehmon jamoani 3:0 ko‘rinishidagi hisob bilan mag‘lubiyatga uchratdi. 

O‘zbekiston vakillari o‘yinning dastlabki bo‘limini faol boshladi va Davron Choriyev 3-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi gol esa 16-daqiqada Sunnat Jo‘rayev muallifligida amalga oshirildi. Bahsning birinchi 20 daqiqaligi 2 ta gol bilan yakuniga yetdi. 

Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik to‘liq o‘zbekistonlik sportchilar tomonida bo‘ldi va Elbek To‘lqinov 38-daqiqada jamoaning so‘nggi golini urdi – hisob 3:0. 

Shu tariqa quvaytliklar yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan holda uyiga qaytadigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing