Özbekiston MTJga yangi boş murabbiy tayinlandi

Sport

−

image

“Maksam-Çirçiq” jamoasi boş murabbiyi Bahodir Ahmedov futzal böyiça Özbekiston milliy terma jamoasining boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Özbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes salomatligi sababli lavozimini tark etganidan söng, federatsiya tomonidan terma jamoa boş murabbiyligi uçun Bahodir Ahmedov nomzodi ma’qullangan.

Federatsiya ma’lumotiga köra, Bahodir Ahmedov bilan Özbekiston milliy terma jamoasini 2028 yilgi Osiyo çempionati yakuniga qadar boşqariş böyiça kelişuvga erişilgan.

Yangi boş murabbiyni futzal jamoatçiligiga taniştiriş marosimining vaqti va manzili haqida qöşimça ma’lumot berilişi kutilmoqda.

Ma’lumot uçun, Bahodir Ahmedov murabbiy sifatida “Maksam-Çirçiq” jamoasini çempionat sovrindorlari qatoriga olib çiqqan, “Jizzax-Kenteks” bilan esa Özbekiston çempioni bölgan. Şuningdek, Bahodir Ahmedov avval ham milliy terma jamoa boş murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Uning rahbarligida Özbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida ikki marta bronza medallarini qölga kiritgan. Şuningdek, 2021 yilgi Jahon çempionatida iştirok etib, guruh bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan va pley-offga yöl olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing