“Australian open-2022”. Chempionlikka da’vogar tennischi 3-bosqichga yo‘l oldi
Sport
−
20 Yanvar 2022 4845 1 daqiqa
Dunyoning ikkinchi raqamli raketka ustasi rossiyalik Daniil Medvedev Avstraliya ochiq chempionatining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi. 25 yoshli tennischi ikkinchi davra uchrashuvida avstraliyalik Nik Kirosni mag‘lub etdi.
3 soat 4 daqiqa davom etgan uchrashuv 7:6 (7:1), 6:4, 4:6, 6:2 hisobida Medvedev foydasiga hal bo‘ldi.
ATP reytingida 115-o‘rinni egallab turgan Kiros faoliyatida ilk marta Medvedevga mag‘lub bo‘ldi.
Chempionlikka asosiy da’vogar sanalayotgan rossiyalik tennischining navbatdagi raqibi niderlandiyalik Botik Van Zandshulp bo‘ladi. U fransiyalik Rishar Gaskedan ustun kelgan.
Eslatib o‘tamiz, “Australian open”da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tennischi 2000 reyting ochkosi va 2,2 million AQSH dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritadi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr