Armaniston KXŞTda ovoz beriş huquqidan mahrum qilindi

Olam

−

image

Bugun, 11 noyabr kuni Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga (KXŞT) a’zo mamlakatlar yetakçilari Moskvadagi sammitda Armanistonni ovoz beriş va taşkilotdagi mas’ul lavozimlarga öz vakillarini körsatiş huquqidan mahrum qiliş haqida qaror qabul qildi. KXŞT Ustavining 25-moddasini qöllaş töğrisidagi qaror uçraşuv davomida tasdiqlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilişiça, Kollektiv xavfsizlik kengaşi “Armaniston Respublikasiga nisbatan Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti Ustavining 25-moddasini qöllaş töğrisida” qaror qabul qilgan.

25-modda “ikki yil davomida taşkilot byudjeti oldidagi qarzdorlikni uziş böyiça majburiyatlar” bajarilmagan taqdirda “fuqarolarni taşkilot doirasidagi kvotalanadigan lavozimlarga körsatiş huquqini vaqtinça töxtatib turiş, şuningdek ovoz beriş huquqidan mahrum qiliş töğrisida” qaror qabul qilişni nazarda tutadi.

Ustavga köra, Armaniston “qarzdorlik töliq uzilgan” taqdirda KXŞTdagi öz huquqlarini qaytarib olişi mumkin böladi.

“Bu mavzu kötarildi va qaror qabul qilindi. Armaniston bir neça yildan beri öz majburiyatlarini bajarmagani sababli, taşkilot ustaviga amal qilgan holda, Armanistonni ovoz beriş huquqidan, şuningdek KXŞTdagi mas’ul lavozimlarga öz vakillarini tayinlaş huquqidan mahrum qiliş taklif etildi va şunday qarorga kelindi”, deydi Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Life” jurnalisti Aleksandr Yunaşevga bergan izohida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan taşkilotdagi a’zolikni töxtatib qöyiş niyatida ekanini bir neça bor bildirgan. KXŞT byudjetiga pul ajratişni töxtatgan Armaniston, şu bilan birga, taşkilotdan çiqiş yoki, aksinça, undagi faoliyatini qayta tiklaş böyiça heç qanday faol harakatlarni amalga oşirmadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing