AQSH G‘azodagi qon to‘kilishiga qarshi bo‘lmagan rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
Olam
−
23 Oktabr 2023
12553AQSH BMT Xavfsizlik Kengashida Isroilning HAMAS bilan urushiga oid rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Loyihada tinch aholini himoya qilish, shuningdek, undan G‘azo sektoriga "doimiy, yetarli va to‘siqsiz” yordam yetkazish ham o‘rin olgan.
Bundan tashqari, hujjatda Isroilga o‘zini o‘zi himoya qilish huquqi berilishi, shuningdek, mamlakatlar “terrorchilik hujumlari”ga javoban xalqaro qonunlarga rioya qilishi shartligi bildirilgan.
Rezolyutsiya loyihasida Erondan mintaqadagi "terroristik guruhlar"ga qurol yetkazib berishni to‘xtatish ham talab qilinadi. Hujjat mualliflari HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish lozimligini ham unutmagan.
Rossiya nashrlari, Amerika rezolyutsiya loyihasi HAMASni qoralab, Isroil manfaatlarini himoya qilishini, G‘azo sektoridagi qon to‘kishlarga qarshi emasligi haqida yozyapti.
Ayni paytda, Qo‘shma Shtatlar ushbu hujjatni ovozga qo‘yish-qo‘ymasligi hozircha noma’lum. Manbalarga ko‘ra, AQSHning rezolyutsiya loyihasi zarur ovozni to‘playdigan bo‘lsa ham, Rossiya veto huquqidan foydalanishi mumkinligini yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18 oktyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharq bo‘yicha Braziliya taklif qilgan rezolyutsiyani qabul qila olmadi. Loyihani 12 davlat qo‘llab-quvvatladi, ikkita davlat, jumladan, Rossiya betaraf qoldi. Ammo AQSH rezolyutsiyaga veto qo‘ydi.
LiveBarchasi