Ahmadaliyevga qarshi jangni intiqlik bilan kutyapman – Inoue
Sport
−
10 mart
4938Ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq chempion, yaponiyalik profboks ustasi Naoya Inoue WBA yo‘nalishi bo‘yicha majburiy da’vogar o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyevga qarshi sentyabr oyida Yaponiyada ringga ko‘tarilmoqchi. Bu haqda “The Ring” xabar berdi.
“Sentyabr oyida Ahmadaliyevga qarshi Yaponiyada jang qilishim kerak. Buni intiqlik bilan kutyapman. Chunki shunday kuchli raqiblarim bor ekan, men o‘zimning eng yaxshi janglarimni ko‘rsataman. O‘zimni nimalarga qodir ekanligimni ko‘rsatishga intilaman. O‘ylaymanki, Ahmadaliyev yuqori saviyadagi jangchi. Bu to‘qnashuvda ham bekorga yengilmas chempion ekanligimni isbotlayman”, deydi 31 yoshli charm qo‘lqop ustasi.
Ma’lumot o‘rnida, Inoue ikkinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. U professional boksda 29 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Ahmadaliyev esa 14 ta jang o‘tkazib, 13 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, ushbu jang joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi va buning uchun Inoue may oydagi jangida g‘alaba qozonishi kerakligi haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi