WBA Meliqo‘ziyev bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi
Sport
−
11:48 3318 1 daqiqa
Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zbekistonlik bokcchi Bektemir Meliqo‘ziyevning chempionlik jangi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
“WBA Xayme Mungiya va Nikita Zon o‘rtasidagi jangni tasdiqlamagan. Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun rasmiy da’vogar hisoblanadi. WBA hozirgi vaziyatni ko‘rib chiqadi”, deyiladi tashkilotning Instagram sahifasida e’lon qilingan bayonotda.
Avvalroq, WBA meksikalik chempion Xayme Mungiyaga chempionlik kamarini O‘zbekiston vakili Bektemir Meliqo‘ziyevga qarshi majburiy tarzda himoya qilishni buyurgan edi.
Mungiya jamoasi jangdan qochishga urinib, Meliqo‘ziyevga boshqa jang o‘tkazishi uchun kompensatsiya taklif qilgan. Biroq o‘zbekistonlik bokcchi bu taklifni rad etgan va sport tamoyillariga sodiq qolgan holda, chempionlik kamari uchun bepul jang qilishga tayyorligini bildirgan.
WBA talablariga qaramay, Mungiya jamoasi joriy yilning 31 oktyabr kuni Ar-Riyodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan boks kechasida rossiyalik Nikita Zonga qarshi ixtiyoriy himoya jangi haqida e’lon qilgan. Ushbu boks kechasining asosiy jangi meksikalik Saul “Kanelo” Alvares va fransiyalik Kristian Mbilli o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘lishi kutilmoqda.
Live
Barchasi