Hindistonda 14 kişi çaqmoq urişi oqibatida halok böldi
Olam
−
14:50 520 2 daqiqa
Hindistonning Tamilnad ştatida musson mavsumi boşlanganidan buyon çaqmoq urişi oqibatida 14 kişi halok böldi. Bu haqda “ThePrint” naşri xabar berdi.
Keça, 26 oktyabr kuni ştatning daromadlar vaziri K.A. Sengottayyanning ma’lum qilişiça, halok bölganlarning oilalariga 400 ming rupiydan tovon puli berilgan. U bir kun içida yomğir bilan boğliq hodisalar oqibatida 35 kişi halok bölgani haqidagi xabarlarni rad etgan. Qolgan ölim holatlari sabablari hududiy ma’muriyat tomonidan örganilmoqda.
Kuçli yomğirlar tufayli Nilgiri tumanida sodir bölgan 62 ta köçki oqibatlari bartaraf etilgan. Şuningdek, tumanda avtobus ustiga toş tuşişi oqibatida haydovçi voqea joyida halok bölgan, konduktor esa suyak sinişi bilan jarohatlangan. Haydovçining oilasiga ham 400 ming rupiy tovon puli ajratilgan.
Yomğirlar sabab Nilgiri, Kodaykanal va Yerkaud kabi toğli hududlarga sayyohlarning kirişi vaqtinça taqiqlangan. Mahalliy aholi esa tegişli ruxsatnoma bilan soat 06:00 dan 18:00 gaça harakatlanişi mumkin.
Dindigul tumanidagi Kodaykanal hududida ham yomğirlar jiddiy muammolarni keltirib çiqargan. Munjikkal-Dobikana mahallasida 20 dan ortiq uyni suv bosgan. Aholi tun böyi uy-joyi va çorvasini asraşga majbur bölgan. Hududda 600–700 oila uçun muhim bölgan 30 yillik köprikda ham yomğirlar sabab yoriqlar paydo bölgan.
Şu bilan birga, Nagapattinam tumanida 3,5 ming akr ekin maydoni suv ostida qolgan. Qöşni Txeni tumanidagi Vaygay suv omborida esa suv sathi töqqiz oydan keyin yana 50 futga yetgan. Omborning töliq siğimi 71 futni taşkil qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Filippinda davom etayotgan kuçli musson yomğirlari oqibatida yuzaga kelgan suv toşqinlari va köçkilar oqibatida kamida 12 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr