JSST rahbari koronavirus notekis pandemiya ekanini aytdi
Olam
−
28 noyabr 2020 4977 1 daqiqa
Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab notekis tarqalmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevadagi brifingda aytib o‘tgan.
"COVID-19 - bu notekis pandemiya. Barcha mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatadi, ammo bir xil emas. Koronavirus bilan bog‘liq barcha holatlar va o‘limlarning 70 foizi to‘rtta mamlakatga to‘g‘ri keladi", degan JSST rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyaga qarshi kurashda koronavirusga topshiriladigan testlar muhim rol o‘ynaydi.
Virusning kelib chiqishini o‘rganish haqida gapirganda, Gebreyesus koronavirusning birinchi manbasini qidirishni Xitoyning Uxan shahridan boshlash kerakligini, chunki birinchi kasal aynan o‘sha yerdan chiqqanini ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, JSST joriy yilning dekabr oyida koronavirusga qarshi nomzod vaksinalar samaradorligini taqqoslashni boshlashi mumkin.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar 61 milliondan oshgan. 1,4 million bemor vafot etgan.
Live
Barchasi